09:22 / 14.04.2022
1 360

Le Pen saylovlarda g‘alaba qozonsa, Fransiyani NATOda de Goll siyosatiga qaytarishni va’da qildi

Le Pen saylovlarda g‘alaba qozonsa, Fransiyani NATOda de Goll siyosatiga qaytarishni va’da qildi
Foto: Reuters
Fransiya prezidentligiga nomzod, «Milliy birlashuv» ultrao‘nglar partiyasi yetakchisi Marin Le Pen mamlakatni NATO birlashgan qo‘mondonligidan chiqarishni va’da berdi, deb yozmoqda Le Monde.

«Agar meni prezidentlikka saylashsa, mamlakatni NATO birlashgan qo‘mondonligi ixtiyoridan chiqaraman, biroq 5-modda, ya’ni Shimoliy Atlantika alyansida mudofaa hamkorligidan voz kechmayman», — degan Le Pen matbuot anjumanida.

Nomzod Fransiya qo‘shinlari boshqaruvini NATO birlashgan qo‘mondonligiga ham, kelgusidagi Yevropa qo‘mondonligiga ham topshirmasligini ta’kidlagan.

«Men Fransiya 1966 yildan 2009 yilgacha olib borgan siyosatga qaytmoqchiman», — degan Marin Le Pen.

1966 yil iyul oyida Fransiya NATO harbiy tashkilotidan chiqqan, lekin Shimoliy Atlantika kelishuvining siyosiy tuzilmasi ishtirokchisi bo‘lib qolgandi. Ushbu qaror prezidenti Sharl de Goll tomonidan qabul qilingan, u Fransiyaga «buyuk yetakchi maqomi»ni qaytarishni maqsad qilgan, mustamlaka muammolarini hal etish, yadro qurolini yaratish, AQSHga harbiy, iqtisodiy va moliyaviy tomondan qaram bo‘lmaslikka intilgan. 2009 yilda Nikolya Sarkozi prezidentligi davrida Fransiya alyansning harbiy tuzilmasiga qaytgan.

10 aprelda Fransiyada prezidentlik saylovlarining birinchi turi bo‘lib o‘tgan. Dastlabki tur natijalariga ko‘ra amaldagi prezidenti Emmanuel Makron 27,84 foiz, Marin Le Pen esa 23,15 foiz ovoz olgan. Uchinchi o‘rin «Yengilmas Fransiya» partiyasi yetakchisi Jan-Lyuk Melanshonga (21,95 foiz) nasib qilgan, qolgan nomzodlar esa 8 foiz va undan kam ovoz to‘plagan.

Makron va Le Pen saylovlarning ikkinchi turida ishtirok etadi va u 24 aprelda o‘tkaziladi. Mazkur ikki nomzod 2017 yilda ham prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida o‘zaro raqobatlashgan. Besh yil avval Makron 66,10 foiz ovoz bilan Le Pendan ustun kelgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Le Pen saylovlarda g‘alaba qozonsa, Fransiyani NATOda de Goll siyosatiga qaytarishni va’da qildi