Rossiya qo‘shinlari guruhining Donbassdagi keng ko‘lamli jangdan ko‘zlangan maqsad - Ukraina Qurolli Kuchlarining eng jangovar tuzilmalari va bo‘linmalarini hamda Kiyev rejimining virtual "g‘alabalarini" yo‘q qilish, demilitarizatsiya va denatsifikatsiyaning navbatdagi bosqichlarini belgilab olish va Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyaning yakuniy muddatlarini aniqlashdan iborat.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 12 aprel kuni Ukrainadagi maxsus operatsiya “to‘g‘ri qaror bo‘lganini, muammoning boshqa yechim qolmaganini va beligangan maqsadlar amalga oshirilishini” yana bir bor ta’kidlab o‘tdi. Prezident aytishiga ko‘ra “Ukrainani Rossiyaga qarshi platsdarmga aylantirishni boshlashgan. U yerda avvaldan bo‘lgan millatchilik va neonatsizm urug‘larini o‘stirish boshlangan edi”.
“Moskva bilan to‘qnashuv muqarrar edi. Rossiyaning maqsadi iloji boricha yo‘qotishlarga yo‘l qo‘ymasdan ko‘zlagan maqsadlariga erishish. Shu sababli mamlakat Qurolli Kuchlari Bosh shtab tomonidan ishlab chiqilgan reja bo‘yicha bir maromda, xotirjamlik bilan harakat qiladi”, - dedi Putin.
Bir kun avval DXR Xalq militsiyasining rasmiy vakili Eduard Basurin Ukraina Qurolli Kuchlarining 100 ming “nayzadan” iborat eng jangovar guruhi Donbassni qamal qilish uchun tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qilgan edi. Operatsiyada qatnashayotgan rossiyalik harbiylarning soni ma’lum emas.
Harbiy strategiya qonunlariga ko‘ra, hujum qilayotgan tomon askarlar soni va qurol-aslaha jihatidan ustunlikka ega bo‘lishi kerak. Front kengligi taxminan 200 km (Gulyay-Polyadan Slavyanskka qadar) va taxminan shuncha masofa mamlkat ichkarisida. Har ikkala tomondan kamida 250 ming askar va minglab harbiy texnika ishtirok etadi.
Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari faqat harbiy infratuzilma va Ukraina harbiylariga zarba beradi. Jang davomiyligini ukrainalik harbiylarning AQSH manfaatlari va “natsizm” ideallari uchun qanchalik o‘limga tayyorligiga bog‘liq bo‘ladi. Bu ko‘p jihatdan jang vaqtini belgilab beradi. 11 aprel kuni sodir bo‘lgan oddiy to‘qnashuvlarda Ukraina Qurolli Kuchalarining yo‘qotishlari 1186 kishini tashqil etdi, 12 aprel kuni yana yaralangan, asirga olingan va halok bo‘lgan jangchilar soni 1144 nafarni tashkil qildi.
Donbass uchun jang boshqacha sur’atda o‘tadi. Rossiya havo-harbiy kuchlari, aniq nishonga oluvchi raketalar hamda termobarik o‘q-dorilardan ommaviy ravishda qo‘llaydi.
Ukraina hatto Donbassda egallab olgan hududlari chegaralarini himoya qila olsa ham bu katta muvaffaqiyat bo‘ladi. Rossiya esa g‘alaba qozonishi uchun oldinga yurishi kerak. Shu sababli Ukraina Qurolli Kuchlari (UQK)ning qatlamli mudofaasi, betonlangan va mustahkamlangan hududlarining vayron bo‘lishi aniq. Milliy batalonlarning “kimyoviy” nayranglari va Kiyev rejimining amerikalik xo‘jayinlarga murojaatlari rus armiyasini to‘xtata olmaydi. UQK ning “umumiy safarbarlik” to‘lqinining ishchi kuchi, texnikasi va G‘arb davlatlarining (AQSH va NATO) harbiy yordamidagi sezilarli yo‘qotishlarining o‘rnini qoplay olmaydi.
Muzokaralar va zaxiralar bo‘lmaydi
Rossiya Ukrainani Yer yuzidan yo‘q qilishni maqsad qilmagan. Donbass jangi arafasida “Kinjal” gipertovushli raketa tizimi yordamida Chavsov Yar punkti yaqinidagi UQK qo‘shinlari guruhining yer ostida joylashgan, yaxshi himoyalangan qo‘mondonlik punktini yo‘q qildi.
Avvalroq Rossiyaning Qurolli kuchlari bir necha havo hujumi bilan Ukraina qurolli kuchlari uchun Donbassga yetib kelgan yordam zaxiralarini yo‘q qilgan edi. Rossiya Qurolli Kuchlari harbiy infratuzilma, zirhli transport vositalari, o‘q-dori omborlarini birma-bir “yakson qilib” kelmoqda va UQK ning ishchi kuchi va texnika zaxiralari to‘plagan joylarni “qoplamoqda”.
Askarlar soni cheklangan bo‘lsa-da Rossiya qo‘shinlari faol manyovrlar o‘tkazib, mustahkamlangan tuman va shaharlarda Ukraina bo‘linmalarini harakatini muvaffaqiyatli to‘sib qo‘ymoqda. Rossiya Havo-kosmik Kuchlari havoda hukmronligini saqlab qolgan va yerdagi har qanday harbiy inshootlar va istehkomlarni zararsizlantirish mumkin. Piyoda askarlarni pulemyotlarga qarshi hujumga ko‘tarishga ehtiyoj yo‘q.
Shahardagi maydonlarga emas, armiyasining boshqaruv markazi va ta’minot tizimlariga berilayotgan yuqori aniqlikdagi zarbalar - Rossiya qo‘shinlarining maxsus operatsiya davomida amal qiladigan taktik ustuvorligidir. Donbassdagi bunday zarbalarning ehtimoliy kuchayishi dushmanga (aholi punktlaridan tashqarida) juda kuchli termobarik raketalar va hajmli portlovchi bombalardan foydalanishni ististo etmaydi. Yaqin kunlar va haftalarda to‘qnashuvlar kuchayadi.
“Aytish joizki, 24 fevralga qadar Ukraina armiyasi 250 mingdan ortiq harbiy xizmatchiga ega edi va keyinchalik ommaviy safarbarlik va ko‘ngillilarning faolligi tufayli o‘z saflarini ko‘paytirdi”.
Kiyev rejimi UQK sonini 500-600 ming kishi darajasiga yetkazishni qonunchilik bilan belgilashni muhokama qilmoqda. Bu shuni anglatadiki, rus qo‘shinlari miqdor bo‘yicha ikki baravar ustunlikka ega dushmandan ustunlik qilmoqda. Dastlabki natijalar hayratlanarli - maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri 12 aprel tongiga qadar Ukraina Qurolli Kuchlarining 130 ta samolet, 99 ta vertolet, 443 ta uchuvchisiz apparat, 2139ta tank va boshqa zirhli mashinalar, 1158 ta artilleriya to‘plari, 244ta zenit raketa tizimlari, zenit-raketa tizimlari yo‘q qilingan.
Janglarning birinchi oyida Ukrainaning 14 000 dan ortiq harbiy xizmatchilari qurbon bo‘ldi.
Rossiyaning yaqin yillarda snaryad va raketalari yaqin kelajakda tugamasligiga G‘arbda hech kimda shubha qolmadi. UQKning Mariupoldagi 20 000 kishilik qo‘shini bir oy ichida qurshab olingan va yo‘q qilingan bo‘lsa, Donbass qozonidagi 100 000 kishilik Ukraina armiyasi ham xuddi shu tarzda yo‘q bo‘lib ketishi mumkin (o‘q-dorilar va yoqilg‘i tugaydi). Pentagon Ukraina Bosh shtabiga qo‘shinlarni sharqdan “ikkinchi mudofaa redutiga” ko‘chirishni qat’iy tavsiya qilmoqda. O‘shanda Poltava, Dnepropetrovsk, Zaporoje kabi yirik shaharlardan qal’a sifatida foydalanish mumkin bo‘ladi.
Ukrainaning tinch aholisidan “tirik qalqon” sifatida foydalanishni - amerikaliklar uchun UQK jangovor mustahkamligining asosi deb hisoblaydi. Ular Yaqin Sharq terrorchilarining ushbu taktikasini qo‘llashni sakkiz yil davomida o‘rganishgan. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘ziga ishonch bilan Donbassda “keng ko‘lamli harbiy amaliyotlarga tayyorligini ma’lum qildi. Akter va uning amerikalik xo‘jayinlari so‘nggi ukrainalikka qadar kurashishga tayyor.
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar “pauza”ga qo‘yildi, chunki Kiyev “katta g‘alabalar” bilan muzokaralardagi pozitsiyasini “mustahkamlash” niyatida. Ma’lumki, ukrainalik uddaburonlar avvalroq Tog‘li Qorabog‘ va Suriyada olingan kadrlardan osongina foydalanishmoqda.
Biroq, Donbass jang natijalarini soxtalashtirish uchun juda kattalik qiladi. Moskva tinchlik shartnomasini o‘z shartlarida imzolashini bir necha bor ta’kidlab o‘tdi, ya’ni Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikasiyaga qilish, Donetsk va Lugansk Xalq respublikalarining tan olinishi va boshqa bir qator fundamental shartlar asosida. Kiyev rejimi reallikka qanchalik tez qaytsa, Amerika manfaatlari va “Ukraina hamma narsadan ustun” fashistik g‘oyasi uchun shunchalik kam ukrain jang maydonida halok bo‘ladi.
Rossiya va ruslarni yo‘q qilish - davlat dasturi, Kiyev rejimining buguni va kelajagi, shuning uchun Moskva oxirigacha boradi. Mohiyatan terrorchi tuzum bo‘lgan bugungi “ukrainchilik” barbod bo‘lishga mahkum.
Boshqa tomondan esa, 10 aprel kuni Rossiya raketa zarbasi selitra (o‘q-dorilar) ombori bilan birga ulkan Nikolayev portining yarmini “yo‘q qilganida" UQK front chizig‘idagi ko‘plab askarlarining natsist lozunglari va Rossiya uchun muammo yaratishni istagan g‘arblik “yo‘lboshchi”larning qudratiga ishonchi qolmadi. Voqea qanday yakun topmasin, buning badalini ukrainaliklarning o‘zi to‘laydi. Bu denatsifikatsiyaning boshlanishi xolos.
Muallif: Aleksandr Xrolenko
Rossiya va Ukraina urushi
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"