1 714
Urush boshidan shiddatli o‘qqa tutilgan va Rossiya qamalida qolayotgan Mariupolda vaziyat qanday?
Mariupolda Rossiya armiyasi hujumiga uchragan binolar
Foto: «TASS»
Rossiyaning Ukrainadagi bosqini 50 kundan buyon davom etmoqda. Aprel boshida Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyev atrofida asosiy vazifalar bajarib bo‘lingani va endilikda Donbassni ozod qilishga e’tibor qaratilishini ma’lum qildi hamda qo‘shinlarini Kiyev darvozasidan olib ketdi.
Ukraina rasmiylari Rossiya Donbassda keng ko‘lamli yangi hujumga tayyorlanayotganini aytmoqda. Rossiya Donbassda qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan eng katta «o‘lja» — Mariupol bo‘lib, shahar yetti haftadan buyon Rossiya qamali ostida. Agar Rossiya Mariupolni qo‘lga kiritsa, sharqdagi qo‘shinlarini Qrimdan keladigan qo‘shinlari bilan birlashtirib, bor diqqatini Ukrainaning ushbu mintaqada joylashgan asosiy kuchlarini qurshab olishga qaratishi mumkin.
Mariupol meri Rossiya qamali boshlanganidan buyon shaharda 10 mingdan ortiq tinch aholi halok bo‘lganini aytdi. Merning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar soni 20 ming kishidan ortiq bo‘lishi ham mumkin, chunki Mariupol aholisining jasadlari «ko‘chalarni gilamdek qoplagan».
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Mariupol qamalini «asrlar davomida esdan chiqmaydigan terror» deb atadi:
"Mariupol qamali urush jinoyatlari uchun javobgarliklar tarixiga kiradi. Tinch shaharni shunday ko‘yga solish — bosqinchilar qilmishi – bu terrorni asrlar davomida eslab qolishadi. Ukrainaliklar bu haqda dunyoga qancha ko‘p aytsa, biz shuncha ko‘p qo‘llab-quvvatlov olamiz, Rossiya Ukrainaga qarshi qanchalik ko‘p terrordan foydalansa, uning oqibatlari shunchalik yomon bo‘ladi».
Bir paytlar 400 000 aholisi bo‘lgan Mariupol Rossiyaning ayovsiz hujumlari oqibatida deyarli butunlay vayronaga aylandi. Halok bo‘lganlarning jasadlari shahardagi turar joy binolari atrofida sochilib yotibdi yoki shoshilinch ravishda yaqin atrofga ko‘milmoqda. Qabrlar vaqtinchalik xochlar bilan belgilangan, taxtachalarda marhumlarning tug‘ilgan va o‘lgan sanalari yozib qo‘yilgan.
Mariupolda aholi yashaydigan binolar hovlisidagi qabrlar
Foto: «TASS»
Mariupolni tark eta olmayotgan yoki shahardan ketishni istamagan yuz minglab odamlar ichimlik suvi, oziq-ovqat, dori-darmon va elektr quvvatisiz yerto‘lalarda yashamoqda. Aholi gumanitar yordam olish uchun uzundan-uzoq navbat kutishga majbur bo‘lmoqda. Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"