Foto: Leah Millis, Reuters
AQSH prezidenti Jo Bayden Ukrainaga borishi mumkinligi haqidagi savolga ijobiy javob qaytardi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda yuqori martabali amaldorning ushbu mamlakatga tashrifi masalasi muhokama qilinmoqda.
Janob Baydendan prezident ma’muriyatining yuqori martabali amaldorlaridan kimnidir Ukrainaga jo‘natish ehtimoli haqida so‘rashgan. «Biz bu borada qarorni hozir qabul qilamiz»,— degan u. U kimni yuborishi haqidagi aniqlashtiruvchi savolga javoban Bayden jurnalistdan so‘ragan: «Siz borishga tayyormisiz?». Boshqa jurnalist esa prezidentga degan: «Siz-chi?». Prezident ijobiy javob qaytargan. Brifing videoyozuvini Bloomberg YouTube kanalida joylashtirgan, Oq uy saytida ham ushbu qisqa suhbat matni e’lon qilingan.
Oq uy matbuot kotibining birinchi o‘rinbosari Karin Jan-Perning qayd etishicha, Amerika ma’muriyati Ukraina hukumati bilan aloqada bo‘lib turibdi. CNN xabariga ko‘ra, u ma’muriyat vakilini Ukrainaga yuborish masalasi muhokama qilinayotganini tasdiqlagan. «Men boshqa hech narsani anons qila olmayman»,— deya qo‘shimcha qilgan u.
New York Times bu odam prezident Jo Bayden yoki vitse-prezident Kamala Harris bo‘lishi ehtimoli kamligi, katta ehtimol bilan vazir yoki yuqori martabali harbiy amaldor borishini taxmin qilgan.
Politico ma’lumotiga ko‘ra, Oq uydagilar ma’muriyatning yuqori martabali vakili Kiyevga tashrif bilan borishi imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Xususan, Pentagon rahbari Lloyd Ostin yoki davlat kotibi Entoni Blinkenni jo‘natish masalasi muhokama etilmoqda.
The New York Times ma’lumotiga ko‘ra, amerikalik ikki kongressmen Buchaga kelgan - bular respublikachi senator Stiv Deyns va Vakillar palatasi a’zosi Viktoriya Sparts.
Urush boshlanganidan buyon YEIning yuqori martabali amaldorlari va Yevropaning qator davlatlari rahbarlari Ukrainaga tashrif buyurgan. 13 aprel kuni prezident Volodimir Zelenskiy Kiyevda birato‘la to‘rt nafar hamkasbi bilan uchrashdi — Polsha, Latviya, Litva va Estoniya prezidentlari. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"