
Foto: AA
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Al Saud bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kun tartibidagi masalalar, jumladan, Ukraina va Yamandagi vaziyat yuzasidan fikr almashilgan.
«Ikki tomonlama hamkorlik, jumladan, savdo-iqtisodiy sohadagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Rossiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga hayrixohlik bildirildi.
OPEK+ formatida jahon neft bozori barqarorligini ta’minlashga qaratilgan hamkorlikdagi ishlar ham ijobiy baholandi», deyiladi Kreml xabarida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 