
15 aprel kuni BMT Ukrainada urush boshlanganidan beri 1982 nafar tinch aholi vakilining halok bo‘lganini ma’lum qildi. Xarkovdagi hududlardan birining havo hujumiga uchraganidan keyin 10 nafar odamning, xususan 7 oyli chaqaloq halok bo‘lgani, 35 kishi jarohatlangani haqida xabar berildi. Kiyev viloyatida Rossiya qo‘shinlari hududni tark etganidan keyin 900 nafar tinch aholi vakilining jasadlari topilgan va bu haqda hududdagi politsiya boshqarmasi rahbari ma’lumot bergan.
Ukraina harbiy kuchlari bosh shtabi bergan axborotga ko‘ra, 15 aprel holatiga Rossiya armiyasining yo‘qotishlari 20 ming nafarni tashkil qiladi. Vladimir Zelenskiy AQSH prezidenti Jo Baydendan Rossiyani terrorchilikka homiylik qilayotgan davlatlar ro‘yxatiga kiritishni so‘ragan. Sevastopolda «Moskva» kreyseri bilan xayrlashuv marosimi bo‘lib o‘tdi. Meduza urushning 51-kunida yuz bergan voqealardan darak beruvchi fotosuratlarni taqdim etdi.

Xarkovlik ayol itini sayr qildirmoqda. U yashaydigan uyning hovlisida snaryad parchasi yotibdi.
Foto: AFP

Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmatining sapyorlari Xarkovda «Grad» raketasining bo‘lagini tozalab tashlayapti.
Foto: EPA

Xarkovlik ayol hujum oqibatida halok bo‘lgan 15 yoshli o‘g‘lining tepasida o‘tiribdi. Yigit Rossiya askarlarining Xarkovga qilgan hujumidan keyin o‘ldirilgan
Foto: AP Photo

Xarkovda Rossiya armiyasining hujumidan keyin yaralangan ayol «tez yordam»ning shahardagi xiyobonga yetib kelishini kutmoqda.
Foto: AP Photo

Xarkov
Foto: AP Photo

Ayollar Kiyev viloyati Veshnyovoye shahridagi «Vizar» kompaniyasining harbiy-sanoat kompleksini tozalamoqda.
Foto: AFP

Kiyev viloyatining Irpen shahrida yashagan kishi Rossiya hujumidan keyin deyarli yaroqsiz holatga kelib qolgan mashinasini o‘toldirishga urinmoqda.
Foto: AP Photo

Ukraina tanki Xarkov viloyatining «Gusarkova» qishlog‘ida «Z» belgisi qoldirib ketilgan va yo‘q qilingan Rossiya texnikasi oldidan o‘tib ketmoqda
Foto: Reuters

Mariupolga olib boradigan yo‘ldagi Rossiya tarafdori bo‘lgan harbiylar
Foto: Reuters

Maiupoldagi Ilyich nomidagi Metallurgiya kombinati yaqinida qoldirib ketilgan tinch aholi vakilining murdasi
Foto: Reuters

Maiupldagi ko‘p qavatli uy hududiga kirish darvozasi
Foto: «Kommersant’» “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar