
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy xoinlikda ayblangan ukrainalik siyosatchi Viktor Medvedchukni almashishga tayyorligini bildirdi. Biroq Moskvadan hozircha javob bo‘lmadi.
«Zelenskiy Ukraina Viktor Medvedchukni almashishga tayyorligini yana bir bor ta’kidladi, biroq hozircha Rossiya Federatsiyasidan hech qanday javob bo‘lmagan», — deyiladi UNIAN agentligi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq uy qamog‘idan qochib ketgan siyosatchi Viktor Medvedchuk qo‘lga olingani e’lon qilingandi.
Ta’kidlash joizki, Medvedchuk mamlakatda urush boshlangach, noma’lum tomonga qochgandi.
Bu shaxs Ukrainada rossiyaparast va Vladimir Putinning yaqin odami sifatida ko‘riladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar