12:19 / 17.04.2022
1 637

Pokiston chegarachilari halok bo‘lganidan keyin Afg‘oniston hududiga aviazarbalar yo‘lladi

Pokiston chegarachilari halok bo‘lganidan keyin Afg‘oniston hududiga aviazarbalar yo‘lladi
Foto: Hindustan Times
Pokiston harbiy aviatsiyasi 15 aprel oqshomida Afg‘onistonning Xost, Kunar va Paktika chegara hududlariga zarbalar yo‘lladi. Bu haqda Aamaj News agentligi xabar tarqatgan.

Aviazarbalarning berilishiga 14 aprelda pokistonlik chegarachilarga qilingan hujum oqibatida 7 nafar harbiyning o‘ldirilgani sabab ekanligi taxmin qilinmoqda.

14 aprelda halok bo‘lgan Pokiston chegarachilarining suratlari
Foto: Twitter

Pokistonning Afg‘oniston bilan chegara hududidagi Shimoliy Vaziriston okrugida chegarachilarga hujum uyushtirilgan. OAVda qayd etilishicha, hujumda «Tehriki Tolibon» («Pokistondagi toliblar harakati») guruhining jangarilari ishtirok etgan. Toliblarning bir qismi to‘qnashuvdan keyin Afg‘onistonning Pokiston bilan chegara hududiga chekingan.

Aamaj News’ning yozishicha, Pokiston Xost, Kunar va Paktikaga aviazarbalar berishda nafaqat aviatsiya, balki artilleriyadan ham foydalangan. Oqibatda Afg‘oniston fuqarolari, ayollar va bolalar halok bo‘lgan.

Fevral boshida «Tehriki Tolibon» jangarilari Afg‘oniston hududidan turib pokistonlik chegarachilarga o‘q uzgandi. Ikki oy avval uyushtirilgan hujum tufayli kamida 5 nafar chegarachi halok bo‘lgan. Yanvar oyida Pokistonda blokpostga qilingan hujum oqibatida 10 nafar harbiy halok bo‘lgan, shuningdek, afg‘on-turkman chegarasida «Tolibon» va turkmanistonlik chegarachilar o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lib o‘tgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pokiston chegarachilari halok bo‘lganidan keyin Afg‘oniston hududiga aviazarbalar yo‘lladi