Foto: dailmaily
Kiyev qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha ayrim so‘rovlarga javobni 53 kundan beri kutmoqda – urush aynan shuncha kun davom etyapti. Bu haqda Volodimir Zelenskiy aytib o‘tdi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 17 aprel, yakshanba kuni e’lon qilingan videomurojaatida «qurolning har bir kechikishi, har bir siyosiy kechikish - bu Rossiyaning ukrainaliklar hayotiga zomin bo‘lishiga ruxsat», deya ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, g‘arbdagi hamkorlarga so‘rovlarining ayrim bandlari bo‘yicha Kiyev 53 kundan beri javob kutmoqda – Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari aynan shuncha kun davom etyapti. «Ba’zi javoblar shunday tuzilganki, yetkazib berish faqat may oyida boshlanishi mumkin», - deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.
Uning aytishicha, Rossiya qo‘shinlari hozirda Xarkovni o‘qqa tutishda davom etmoqda va u buni «ongli terror» deb atadi. Ukraina prezidenti so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi to‘rt kunning o‘zida shaharda 100 dan ortiq odam jarohatlangan, 20 ga yaqin kishi halok bo‘lgan.
Ukrainaga og‘ir qurol-yarog‘ yetkazib berish Germaniyani urush ishtirokchisiga aylantira olmaydi, sababi Ukraina Rossiyaga qarshi qonuniy mudofaa urushini olib bormoqda.Bu haqda 16 aprel kuni Germaniya adliya vaziri Marko Bushman ma’lum qildi.
Ertasi kuni Germaniya mudofaa vaziri Kristin Lambrext Ukraina armiyasiga navbatdagi qurol partiyasini yetkazib berishni ma’qullagani ma’lum bo‘ldi. Gap GDR Milliy xalq armiyasining harbiy zaxiralaridan 58 ta zirhli texnika haqida bormoqda. Hozirda ular Chexiya kompaniyasiga tegishli va Ukrainaga sotilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi