Foto: Ukraina prezidenti ofisi
Ukraina Rossiyaga qarshi «yana o‘n yil» kurashishga qodir, dedi mamlakat prezident Vladimir Zelenskiy CNN telekanaliga bergan intervyusida tinchlik muzokaralarining istiqbollari haqidagi savolga javoban.
«Biz hududimizni berib yubora olmaymiz, lekin Rossiya bilan qandaydir muloqot topish kerak bo‘lsa va ular ham bunga qodir bo‘lsa, biz tayyormiz», — dedi Zelenskiy.
Shu bilan birga, Ukraina prezidenti muzokaralar «Rossiya ultimatumiga asoslanmagan holda» o‘tkazilishi kerakligini ta’kidladi. Zelenskiyning aytishicha muzokaralar qanchalik tez yakunlansa, shunchalik kam odam halok bo‘ladi. «Biz Rossiya Federatsiyasi bilan o‘n yil davomida kurashishimiz mumkin», — deya qo‘shimcha qildi u.
Zelenskiyning bayonotiga Checheniston rahbari Ramzan Qodirov «bizda bu qadar ko‘p vaqt yo‘q» deya javob qaytardi.
«Zelenskiy o‘n yil davomida kurashishga tayyorligini e’lon qildi. Bizda esa buncha ko‘p vaqt yo‘q. Bir necha kun ichida hammasini tugatamiz», — deydi Qodirov Telegram’ga joylagan audiomurojaatida.
Qodirov Ukrainada «muayyan maxsus operatsiya» boshlanayotgani, uning davomida chechen harbiylari «aniq natijalar» ko‘rsatishini ma’lum qilgan. «Buni ta’bir joiz bo‘lsa ukrainaliklarning o‘zi so‘rab oldi deyish mumkin», — deya qo‘shimcha qildi u va «qochib ketolmaganlarni» o‘z pozitsiyalarini tark etishga chaqirdi.
Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti 24 fevralda boshlangandi; Qodirov unda chechen bo‘linmalari ishtirok etayotganini tasdiqlagan. AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Rossiyaning Ukraina hududidagi maxsus harbiy operatsiyasi 2022 yil oxiriga qadar davom etishi mumkinligini taxmin qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi