1 465
Zelenskiy Yevropa Ittifoqi a’zoligi maqomini olish uchun to‘ldirilgan so‘rovnomani topshirdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Matti Maasikasuga to‘ldirilgan so‘rovnoma-anketani topshirdi
Foto: Ukraina prezidentining ofisi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevropa Ittifoqining vakiliga to‘ldirilgan YEIga a’zolik maqomini olish uchun so‘rovnomani topshirdi. Bu haqda Zelenskiy ofisi xabar qilgan.
«Ushbu muhim uchrashuv uchun minnatdorlik bildiraman. Bugun Yevropa Ittifoqiga kirish yo‘lida navbatdagi qadamni qo‘yib davlatimiz uchun muhim tarixiy bosqichlardan birini ortda qoldiryapmiz»,— degan Zelenskiy YEI vakili Matti Maasikasu bilan uchrashuv vaqtida.
Vladimir Zelenskiy yaqin haftalar ichida Ukraina Yevroittifoq a’zoligi maqomini olish jarayoni hal bo‘lishiga ishonishini qo‘shimcha qildi. U a’zolik maqomini olish mustaqillik va demokratiya yo‘lida katta tovon to‘lagan Ukraina xalqi uchun quvonarli hodisa bo‘ladi, deb hisoblashini ta’kidladi.
Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal mamlakatning YEI energiya tarmog‘iga integratsiya qilingani, shuningdek, bepul rouming hamda tekin to‘lov muhitini yaratish yuzasidan ishlar amalga oshirilayotganini qayd etgan.
Ukraina Rossiya mamlakat hududida maxsus harbiy operatsiyalarni boshlaganidan keyin YEIga kirish so‘rovini yuborgandi. 8 aprelda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Buchaga tashrifi vaqtida Vladimir Zelenskiyga ittifoq a’zoligi maqomini olish so‘rovnomasini topshirgan. Fon der Lyayen xonim garchi a’zolik maqomini olish uchun ba’zan yillar ketsa ham Ukrainaning so‘rovi shu yili yozda ko‘rib chiqilishini ma’lum qilgan. 17 aprelda Kiyev hujjatning to‘ldirilgan va YEI vakiliga topshirishga tayyorligini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi