16:00 / 20.04.2022
2 806

Rossiya Finlandiya va Shvetsiyani NATOga a’zo bo‘lish oqibatlari haqida ogohlantirdi

Rossiya Finlandiya va Shvetsiyani NATOga a’zo bo‘lish oqibatlari haqida ogohlantirdi
Foto: ReutersREUTERS/Dado Ruvic/Illustration
Rossiya Shvetsiya va Finlandiyaga NATOga a’zo bo‘lishning oqibatlari bo‘yicha ogohlantirish berdi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

"Bryussel AQSH shafeligi ostida Shvetsiya va Finlandiyani o‘z tuzilmalariga allaqachon olib kirdi, mashg‘ulot yoki treninglar ko‘rinishida turli gibrid choralar amalga oshirildi. Biz ham ommaviy tarzda, ham ikki tomonlama kanallar orqali o‘z ogohlantirishlarimizni berdik. Ular bu haqda bilishadi, shuning uchun hayron bo‘lishning keragi yo‘q. Bu nimalarga olib kelishi borasida barchasidan xabardor qilganmiz", dedi u.

Avvalroq The Times gazetasi Helsinki va Stokholm shu yilning yozida NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza berishi mumkinligini yozgandi.

Agar Finlandiya NATOga kiradigan bo‘lsa, u alyansning barcha a’zolari ichida Rossiya bilan eng uzun chegaraga ega mamlakatga aylanadi. Ikki davlat chegarasining uzunligi 1340 kilometr bo‘lib, chegara chizig‘i Sankt-Peterburgdan atigi 200 kilometr masofadan o‘tgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Finlandiya va Shvetsiyani NATOga a’zo bo‘lish oqibatlari haqida ogohlantirdi