1 189
Ukrainadagi urushda bo‘lib qaytgan rossiyalik jurnalist: Halok bo‘lganlar, harbiylar va tinch aholi haqida
Yelena Kostyuchenko Ukrainaga Rossiyaning «Novaya gazeta» muxbiri sifatida borgan edi. Uning Odessa, Xerson va Nikolayev shaharlarida tayyorlangan reportajlari ushbu gazetada senzura cheklovlari bilan e’lon qilingan. Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga rioya qilinganiga qaramay, Bosh prokuratura va «Roskomnadzor» talabi bilan matnlar o‘chirib tashlangan, «Novaya gazeta» esa o‘z ishini to‘xtatishga majbur bo‘lgan.
«Novaya gazeta. Yevropa» nashri uchun maxsus ravishda Yelena Kostyuchenko Ukrainadagi urushda o‘zi ko‘rgan narsalar haqida gapirib berdi.
— Men Xerson viloyat sudtibekspertiza byurosida bo‘lganman, uning rahbari bilan suhbatlashganman. Ma’lum bo‘lishicha, jasadlarning uchdan ikki qismining shaxsi aniqlanmagan, ya’ni ular juda yomon ahvolda.
Va u urush boshlanganidan keyin uch hafta o‘tib, Ukraina tomonidan qabul qilingan hujjatni ko‘rsatdi, unga muvofiq, jasadni istalgan shifokordan olish mumkin bo‘lgan o‘lim haqidagi ma’lumotnoma bilan birga saqlash mumkin. Ya’ni agar avval g‘ayritabiiy o‘lim ko‘rgan jasadlarning barchasi sudtibekspertizadan o‘tgan bo‘lsa, endi bu majburiy bo‘lmay qolgan.
Va u qurbonlarning haqiqiy sonini hozircha bilmasliklarini aytdi. Odamlar shunday ma’lumotnomalarni olib jasadlarni dafn qilmoqda. Yoki hatto bu ma’lumotnomalarsiz ham dafn etmoqda. Masalan, Xersonni mudofaa qilishga urinish chog‘ida halok bo‘lgan hududlar mudofaasi jangchilari shunday dafn qilingan. Bu 67 jasaddan faqat bittasi viloyat byurosi orqali o‘tgan.
Ammo Xersonda, tushunishimcha, shunchaki tiriklayin kuyib ketib halok bo‘lgan harbiylar ko‘p. Chunki birinchi kunlari Rossiya harbiy qismlarga — odamlar uxlab yotgan kazarmalarga zarbalar bergandi. U yerdan chiqqan kuyib ketgan jasadlar juda ko‘p. Antonov ko‘prigidan juda kuchli shikast ko‘rgan jasadlar kelgan.
Tinch aholi vakillari, oddiy fuqarolar jasadlari haqida gapirsak, ular orasida snaryad parchasidan yetgan yaralar, o‘q tekkan yaralar ham bor. Menga shahardan chiqib ketishda o‘qqa tutilgan mashina haqida juda aniq qilib aytib berishgandi: unda uch nafar katta odam va ikki nafar bola bo‘lgan, kichkina bola uch oylik o‘g‘il bola bo‘lgan. Ularda o‘q tekkan yaralar bo‘lgan. Ya’ni odamlar qo‘l qurolidan otib o‘ldirilgan.
Nikolayev shahrida ham sudtibekspertiza byurosida bo‘lganman, u yerda halok bo‘lgan oddiy fuqarolarning asosiy qismiga snaryad parchalari tekkan. Marhumlar orasida bolalar ham bor. U yerda ikki qizchaning, opa-singillarning jasadlarini ko‘rgandim. Ikki jasad ustma-ust yotardi. Pastdagi, katta qizcha Veronika Biryukova 17 yoshda, kichigi — Arina Butim 3 yoshda edi. Ikkalasi ham Meshkovo-Pogorelovo qishlog‘ida yashagan. Snaryad parchalari tegib halok bo‘lgan. Ularning onasi ham yaralangan, ammo u tirik qolgan.
O‘sha paytda bolalar uyiga ketayotgan tarbiyachilar o‘tirgan mashinadan jasadlar olib kelingani yo‘q edi. Urush boshlangach, bolalar uyi Nikolayevdan 67 km uzoqlikdagi Antonovka qishlog‘iga evakuatsiya qilingandi. Bu qishloq yaqiniga Rossiya qo‘shinlari kelib joylashgan. Mashina tarbiyachilar, psixologlar, hamshiralar, ya’ni xodimlar smenasini birinchi marta olib ketmayotgan edi. Va ichida sakkiz nafar ayol bo‘lgan bu mashina qandaydir yirik kalibrli quroldan (qanaqa qurolligi uncha tushunarli emas) o‘qqa tutilgan.
Uch ayol halok bo‘lgan, uch ayol yaralangan, haydovchi ham jarohat olgan. U noharbiy mashina bo‘lgan, unga qizil xoch belgisi tushirilgan, bu ushbu mashina gumanitar missiya bilan yurib ketayotganini anglatadi. U esa rossiyalik askarlar tomonidan otib tashlangan. Bu men bilganlarim. Men holatni o‘rgandim va haydovchi bilan ko‘rishdim. Menda o‘sha joydan olingan fotosuratlar bor. Halok bo‘lganlarning ism-shariflarini bilaman. Aslida o‘limlar, yaralanishlar, hujumlarni hujjatlashtirish ishi og‘ir, ammo zarurdir.
Novaya gazeta1, Yelena Kostyuchenko1, Roskomnadzor1, Senzura cheklovlari1, Ukrainadagi urush1 Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi