
Foto: Elle
Xonanda Nik Jonas va aktrisa Priyanka Chopra farzandiga Malti Mari deb ism qoʻydi. Bu ommaviy axborot vositalarining qoʻliga tushgan tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning suratidan ma'lum boʻldi, deb yozadi Elle nashri.
Juftlik oʻz sahifalarida shaxsan e'lon qilganidek, 2022 yil 15 yanvar kuni Kaliforniyada mashhur juftlikning qizi surrogat onaning yordami bilan dunyoga keldi. Chaqaloq muddatidan oldin tugʻilgani uchun ham juda zaif edi. Homiladorlikning oltinchi oyida tugʻilgan chaqaloqning ota-onasi barcha vaqtlarini yangi oila a'zosiga bagʻishlash uchun faoliyatida biroz tanaffus qildi.
Malti — hind tilidan kelib chiqqan sanskrit ismi boʻlib, «xushboʻy gul» va «oy nuri» degan ikki ma'noga ega.
Eslatib oʻtamiz, Priyanka Chopra va Nik Jonas olti oylik munosabatlardan keyin 2018 yilda turmush qurgan. Ularning toʻyi nasroniy va hinduiylar urf-odatlariga koʻra, Jodxpurdagi Bhawan Palace saroyida oʻtkazilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar