Kichik Ferdinand Markos
Filippin Markaziy saylov komissiyasi Kichik Ferdinand Markosga qarshi da’voni rad etganidan so‘ng uning 9 may kuni o‘tkaziladigan saylovda qatnashish imkoniyati juda oshib ketdi, deb xabar berdi «Reuters».
Prezidentlikka nomzod Ferdinand Markos so‘nggi soliq hisobotini o‘z vaqtida topshirmaganlikda ayblangan edi.
Orollar mamlakatida «Bongbong» laqabi bilan tanilgan Kichik Ferdinand Markos — 20 yil (1965–1986 yillar) hukm surgan diktator-prezident Ferdinand Markosning o‘g‘li. Katta Markos o‘z davrida favqulodda holat joriy etib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini jiddiy cheklab qo‘ygandi.
So‘rovnomalar Filippin federal partiyasi tomonidan nomzodi ilgari surilgan Kichik Markos saylovchilarning 50 foizdan ortiq ovozini olishi mumkinligini ko‘rsatyapti. Ushbu davlat saylov tizimida saylovning ikkinchi turini o‘tkazish ko‘zda tutilmagan — birinchi turda kim eng ko‘p ovoz to‘plasa o‘sha prezident bo‘ladi.
«Bongbong»ga munosib raqiblar bormi?
Raqiblar bor, ammo hammasi «yengil vaznli»: mamlakat vitse-prezidenti Mariya Robredo, poytaxt Manila meri Fransisko Moreno, professional boks bo‘yicha jahon chempioni Menni Pakyao va boshqalar 9 may kuni Kichik Ferdinandga qarshi siyosiy ringga ko‘tarilishadi.
So‘rovnomada mutlaq ustunlik Kichik Ferdinand Markos tomonida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar