date
views 1 840

Rossiya Odessaga raketalar zarbasini berdi

Rossiya Odessaga raketalar zarbasini berdi
Foto: Telegram
Odessa shahri ma'muriyati 23 aprel kuni Rossiya harbiylarining qanotli raketalardan zarbalar yoʻllaganini xabar qildi.

Shahar hukumati xabariga koʻra ikkita raketa harbiy ob'ektlarga kelib urilgan, yana ikkitasi esa aholi turar joylariga teggan. Yana ikkita raketa Ukraina havodan himoya texnikasi tomonidan urib tushirilgan.

Hujum oqibatida dastlabki ma'lumotlarga koʻra 18 nafar yaralangan va 5 kishi halok boʻlgan, deya ma'lum qilgan Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Ermak. Uning soʻzlariga koʻra qurbonlar orasida uch oylik chaqaloq ham bor.

Ermak Rossiyaning Odessaga qilgan hujumi tufayli talafot koʻrganlar, jarohatlanganlar soni koʻproq boʻlishi mumkinligini qayd etgan.

Ukraina davlat favqulodda vaziyatlar xizmati Odessaga berilgan raketa zarbalari oqibatida 6 nafar odamning halok boʻlgani haqida ma'lumot bergan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Odessaga raketalar zarbasini berdi