Foto: Carscoops
Dubayda noma’lum xaridor AA8 avtomobil raqami uchun 35 million dirham (9,5 million dollar) to‘ladi, deb xabar beradi Motor.
Mazkur «chiroyli» avtomobil raqami Dubayda o‘tkazilgan Most Noble Numbers xayriya auksionida sotilgan. Bundan tashqari, kimoshdi savdosida mehmonlarga mobil telefonlarning «chiroyli» raqamlari ham taklif etilgan. Avtomobil raqami bu qadar qimmatga sotilganiga qaramay, rekord yangilanmagan: eng qimmat «chiroyli» raqamli BAAda 2008 yili sotilgandi.
AA8 dan tashqari harf va raqamlar uyg‘unligidan iborat boshqa uch xonali «chiroyli» avtoraqamlarga ham xaridorlar chiqqan. Masalan, F55 — 1,08 million dollarga, V66 — 1,08 million dollarga, Y66 — 1,03 million dollarga sotilgan. Mobil raqamlar orasida eng qimmat narxi 054 999 9999 ga belgilangan — 1,4 million dollar.
Auksion orqali jami 14,4 million dollar to‘plangan. Savdolar tashkilotchisi bo‘lgan One Billion Meals kompaniyasi vakillariga ko‘ra, AA8 ni sotishgan tushgan pullarning o‘ziga 76 millionta tushlik sotib olishga yetadi.
Eng qimmat avtoraqam 2008 yilda sotilgan edi: bu Abu-Dabi amirligiga qarashli 1 raqami bo‘lib, unga Said Abdul Jafar al-Xuri ismli shaxs 14,2 million dollar to‘lagan. «Chiroyli» avtoraqam Bugatti Veyron giperkariga taqilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning mayida Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilgan xayriya kechasida AA9 davlat raqami 10 million dollardan qimmatroqqa sotilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi