13:34 / 26.04.2022
2 260

Sergey Lavrov yadroviy urush xavfi mavjudligini ma’lum qildi

Sergey Lavrov yadroviy urush xavfi mavjudligini ma’lum qildi
Foto: «Kommersant’»
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov yadroviy urushga yo‘l qo‘ymaslik Rossiyaning prinsipial pozitsiyasi ekanini ma’lum qildi, deb xabar beradi «Kommersant’». Shunga qaramay, uning fikricha, xavf «yetarlicha mavjud».

«Bu prinsipial pozitsiya, biz undan chekinmaymiz va, albatta, xavf rostdan ham yetarlicha bo‘lgan hozirgi vaqtda uni sun’iy ravishda shishirishlarini umuman xohlamayman, bundaylar kam emas. Xatar jiddiy, u real, unga past baho berib bo‘lmaydi», — deydi Lavrov. TIV rahbari Rossiya va AQSH prezidentlari Vladimir Putin hamda Jo Bayden, shuningdek, BMT Xavfsizlik kengashining doimiy besh a’zosi yadroviy urushga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bayonot berganini eslatib o‘tgan.

Karib inqirozi bilan bog‘liq mavjud muammoni taqqoslar ekan, vazir oldinlari «ikkala yetakchining ishongan muloqot kanali» bo‘lganini, hozirda «bunday kanal yo‘q va uni hech kim yaratishga intilmayotganini» ta’kidlagan. «O‘shanda yozilmagan qoidalar ko‘p bo‘lsa-da, o‘zni qanday tutish tushunarli edi. Moskva Vashington o‘zini qanday tutishini tushunar, Vashington ham Moskva borasida xuddi shunday edi. Hozirda esa qoidalar kam. Strategik hujum qurollari to‘g‘risidagi shartnoma mavjud ... lekin shu bilan birga, qurollarni nazorat qilish va tarqatmaslik bo‘yicha boshqa barcha vositalar amalda yo‘q qilindi», — deya qo‘shimcha qiladi Lavrov.

Ukrainadagi urush vaqtida Rossiya yadroviy quroldan foydalanishi mumkinligiga oid savollar bir necha bor paydo bo‘ldi. Fevral oxirida, urush boshlanganidan bir necha kun o‘tgach, Rossiya prezidenti Vladimir Putin turli ballistik raketalarni o‘zida jamlagan to‘xtatuvchi kuchlarni maxsus shay holatga keltirishni buyurgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sergey Lavrov yadroviy urush xavfi mavjudligini ma’lum qildi