14:53 / 29.06.2022
2 045

Ronaldu qanday ovqatlanadi: Krishtianu har kuni yeydigan uchta mahsulotni aniqlashdi

Ronaldu qanday ovqatlanadi: Krishtianu har kuni yeydigan uchta mahsulotni aniqlashdi
Hech kimga sir emaski, Krishtianu Ronaldu to‘g‘ri ovqatlanadi. Balki, shu sababdan u hattoki 37 yoshida ham dunyodagi eng yaxshi jismoniy holatdagi o‘yinchilardandir. "Yuventus"ning yosh o‘yinchisi Dauda Peyeters Ronaldu har kuni yeydigan ovqatlar haqida gapirdi.

Peyetersdan AS uchun intervyu paytida portugaliyalik va uning diyetasi haqida so‘rashdi: "U har doim bir xil narsani yeydi. Brokkoli, tovuq va guruch. Litrlab suv va albatta, koka-kolasiz.

Krishtianu har doim va hamma joyda g‘olib bo‘lishni istaydi. Bir kuni sportzalga bordim va albatta, u yerda Krishtianu bor edi.

Hayron qolgandim. Krishtianuda futbolchi uchun ideal tana bor. Mening ham mushaklarim yomon bo‘lmasa ham, o‘shanda hali ko‘p ish qilishim kerak deb o‘yladim. Ammo, u buni bir necha yillardan buyon muntazam ravishda qilmoqda
".

Ronalduning kuniga olti mahalgacha ovqatlanishi, shuningdek barcha gazlangan ichimliklardan, shuningdek alkogoldan saqlanishi ma’lum.

"Yaxshi mashg‘ulot yaxshi diyeta bilan uyg‘unlashishi kerak. Men katta miqdordagi to‘liq donli uglevodlar, meva va sabzavotlardan iborat yuqori oqsilli diyetaga amal qilaman va shirinliklardan saqlanaman".

"Tez-tez ovqatlaning. Agar siz muntazam ravishda mashq qilsangiz, yaxshi ishlash uchun o‘z tanangizni yuqori darajadagi energiya bilan ta’minlab turish muhimdir.

Ba’zan har bir mashg‘ulotni eng yuqori darajada bajarish uchun yetarli energiyaga ega ekanligimga ishonch hosil qilish uchun kuniga olti martagacha kamroq narsa yeyman
", – degan Krishtianu intervyularidan birida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ronaldu qanday ovqatlanadi: Krishtianu har kuni yeydigan uchta mahsulotni aniqlashdi