13:42 / 09.07.2022
2 151

Diyetolog tez «qaritadigan» mahsulotlarni sanadi

Diyetolog tez «qaritadigan» mahsulotlarni sanadi
Tananing qarishi tabiiy jarayon bo‘lib, uni oldini olish mumkin emas, lekin to‘g‘ri ovqatlanish orqali uni sekinlashtirish mumkin. Buning uchun bir qator mahsulotlarni iste’mol qilishdan voz kechish kerak. Diyetolog ushbu mahsulotlar orasida shirinliklar va tez uglevodlarni alohida ajratib ko‘rsatadi.

Biz ko‘p miqdorda iste’mol qiladigan har qanday tez uglevodlar qarishni tezlashtiradi. Gap shundaki, ular tezda qon oqimiga kirib, shakar miqdorining ko‘tarilishiga zamin yaratadi. Va qondagi shakar miqdorining keskin ko‘tarilishi, biriktiruvchi to‘qimalarning qarishini kuchaytiradi.

Tuzli ovqatlar ham qarishni tezlashtirishga hissa qo‘shadi. Shuningdek, spirtli ichimliklar shunday zararli mahsulotlar qatorida turadi.

Umumiy ovqatlanish joylarida doim ovqatlanish kerak emas, deydi diyetolog. Agar tez qarishni xohlamasangiz, uyda ovqat pishirganingiz ma’qul.

Shuningdek, mutaxassislar salomatlikni saqlashning asosiy shartlarini ko‘p suv ichish, muntazam jismoniy faollik va yaxshi uyqu bilan bog‘laydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Diyetolog tez «qaritadigan» mahsulotlarni sanadi