Jismonan faol bo‘lish oyoqlarda og‘ir noqulayliklarning yuzaga kelishiga olib keladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha har ikkinchi qiz har kuni oyoqlarida charchoq yuzaga kelishidan aziyat chekadi. Bu muammo o‘z vaqtida bartaraf etilmasa, u varikoz tomirlariga aylanishi va bir qator kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Og‘ir kechgan kundan keyin oyoqlaringiz «g‘ichirlasa», bu ularga g‘amxo‘rlik qilish va o‘z vaqtida dam olish kerakligini anglatadi.
Massaj qilish
Hech narsa klassik massaj kabi oyoqlarning charchoqlarini yengillashtirmaydi. Shu bilan birga, professional ko‘nikmalarga ehtiyoj yo‘q — oyoqlarda og‘irlikni samarali yengishga yordam beradigan bir nechta oddiy massajlarni bilish kifoya.
Massajni to‘pig‘ingizdan boshlang, siz bu orqali miyaga boradigan qon ta’minotini faollashtirgan bo‘lasiz. Stressga qarshi muolajani kechqurun 10-15 daqiqa qilish kifoya va shundan keyin oyoqlaringizda yengillikni his qilasiz. Agar bu massaj jarayonlari kerakli effektni bermasa, massaj bo‘yicha mutaxassisga borishingizga to‘g‘ri keladi va massaj jarayoni barcha efir moylari bilan to‘ldirilishi mumkin.
Foto: «Yandex.ru»
Kontrastli vannalar
Kontrastli vannalar oyoqlardagi charchoqni olishning eng mashhur usuli. Buning uchun sizga ikkita havza kerak bo‘ladi, unga sovuq va issiq suv quyishingiz kerak. Sovuq suvga bir necha bo‘lak muz qo‘shishingiz mumkin, issiq suv esa taxminan 30 daraja bo‘lishi kerak.
Bunday harorat o‘zgarishi qon aylanishiga foydali ta’sir ko‘rsatadi va shifobaxsh xususiyatga ega. Agar issiq hammomga dengiz tuzi, xushbo‘y moyni, sovuq hammomga esa o‘tlardan tayyorlangan damlamani quysangiz, bu uy sharoitidagi SPA parvarishiga aylanadi.
Foto: «Yandex.ru»
Maxsus tayoqchalarda yurish
Maxsus tayoqchalarda yurish oyoqlardagi charchoq uchun juda foydali hisoblanadi. Bundan tashqari maxsus ishlab chiqilgan tayoqchalarda yurish shifobaxsh xususiyatga ega, u oyoqlarning mushaklarini faollashtiradi. Bunday jismoniy faoliyatda turli harakatlar amalga oshiriladi, ya’ni oyoq harakati to‘liq ishtirok etadi: tovondan boshlab barmoqlar bilan tugaydi. Ushbu intensiv, xavfsiz va samarali mashg‘ulot butun tanaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu mashg‘ulotni o‘zingizga yaqin bo‘lgan bog‘da bajaring va bir soat davomida yuring.
Foto: marie claire
Kosmetika mahsulotlari
Oyoqlardagi noqulaylikni yengillashtiradigan ko‘plab kremlar, gellar, spreylar mavjud. Siz o‘zingizga mos keladigan maxsus kosmetika mahsulotini tanlashingiz kerak: u yoqimsiz hidga ega bo‘lmasligi va muammoni tezda hal qilishi kerak. To‘g‘ri tanlangan komponentlar oyoqlarda yengillik va qulaylikni kuchaytiradi. Asosiysi, to‘g‘ri vositani tavsiya qiladigan mutaxassis bilan maslahatlashingiz kerak. Katta ehtimol bilan shifokor tabiiy ingredientlar va efir moylari, sovituvchi balzamni maslahat beradi.
Foto: «Yandex.ru»
Turli xil mashqlar
Oyog‘ingizdagi charchoqni his etsangiz orqa tomoningiz bilan yotib, oyoqlaringizni yuqoriga ko‘taring va hammaga ma’lum bo‘lgan «velosiped» mashqini bajaring. Bu charchoqni yo‘qotish, qon aylanishini yaxshilash uchun, hissiy yengillik uchun ham foydalidir. Ushbu mashqni har kuni kuniga 10 daqiqa davomida bajarish mumkin. Bu kelajakda ko‘plab sog‘liq bilan bog‘liq muammolarning oldini oladi, masalan, varikoz tomirlarini yuzaga keltirmaydi.
Foto: «Yandex.ru» “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin