Olimlar nihoyat go‘daklarni qanday qilib ovutish samarali ekanini aniqlashdi. Bu haqda Current Biology ilmiy nashri yozdi.
Ekspertlar Italiya va Yaponiyada bir nechta tajriba o‘tkazishdi. Buning uchun 21 «ona-bola» juftligi tanlandi, go‘daklar — 7 oylikkacha.
Bola yig‘layotganida qaysi usul samarali: belanchakka yoki oddiy karvotga yotqizish kerakmi, ona qo‘lida olib o‘tirishi, ko‘tarishi yo bo‘lmasa ko‘tarib yurgani ma’qulmi — sinovchilar shuni aniqlashga urinishdi.
Aniqlanishicha, bola qo‘lga olinib, uyoqdan-buyoqqa olib yurilganida, oradan 30 soniya o‘tib tomir urishi sekinlashib, yig‘lashi kamaygan. Bolani tebratganda ham xuddi shunday holat yuzaga kelgan.
Shundan so‘ng olimlar go‘dakni besh daqiqa ko‘tarib yurish ularning holatiga qanday ta’sir ko‘rsatishiga qiziqishdi. Bolalarning 46 foizi besh daqiqadan so‘ng uyquga ketgan, 18 foizi esa olti daqiqa o‘tib uyquga kirgan.
Biroq bu bolalar uxlashi bilan yotqizilgach, ularning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i oradan 20 soniya o‘tib uyg‘ongan. Elektrokardiogramma ularning yurak urishi onasidan ayrilgan zahotiyoq tezlashganini ko‘rsatdi. Agar bola uxlaganidan so‘ng ham ona qo‘lida bir muddat bo‘lsa, yotqizilgach uyg‘onish ehtimoli ancha kamaygan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Olimlar bakteriyalardan yangi antibiotik yaratdi
Manba: DXX raisi Abdusalom Azizov lavozimidan olindi
Elektrdan foydalanib pulini to‘lamagan fermer xo‘jaligining kombayni xatlab qo‘yildi
Tramp uchta davlat tovarlariga bojlar joriy etmoqchi
Jenna Ortega, Zendaya va yosh bo‘lishiga qaramay Gollivudni zabt etgan aktrisalar