20:34 / 02.10.2022
2 211

Umrning qisqarishiga sabab bo‘ladigan 5 ta mahsulot

Umrning qisqarishiga sabab bo‘ladigan 5 ta mahsulot
Foto: Marie Claire
To‘g‘ri ovqatlanish hayotni uzaytirishga va uning sifatini yaxshilashga yordam beradi. Xuddi shu tarzda, sog‘lom bo‘lmagan mahsulotlarni iste’mol qilish umr ko‘rish davomiyligini bir yildan ko‘proqqa qisqartirishi mumkin. Garchi insoniyat uzoq umr ko‘rish fenomenini ochishda ma’lum muvaffaqiyatlarga erishayotgan bo‘lsa-da, ba’zi ekspertlar o‘rtacha umr ko‘rishning qisqarishi mumkinligi haqida xavotirda, chunki inson hayotiga ta’sir qiluvchi salbiy omillar juda ko‘p. Bundan tashqari, aholining umr ko‘rish davomiyligi oshgani sayin ko‘pchilikning surunkali kasalliklarga duchor bo‘lish ehtimoli ham ortadi. Shuning uchun sog‘liqqa g‘amxo‘rlik qilishni hozirdan boshlash juda muhim, deb yozadi Marie Claire.

Michigan universiteti olimlari tomonidan olib borilgan va Nature Food jurnalida chop etilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ba’zi oziq-ovqatlarni iste’mol qilish evaziga qimmatli vaqtni yo‘qotishi mumkin. Misol uchun, bitta hot-dog iste’mol qilinganda, sog‘lom hayotning 36 daqiqasi yo‘qotiladi. Zararli mahsulot iste’mol qilish orqali sog‘lom hayotning davomiyligi qisqaradi.

6000 ga yaqin oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘rib chiqqan tadqiqotchilar kolbasa, sosiska, gamburger, pitssa, gazli ichimliklar va boshqa zararli taomlar salomatlikka sezilarli ta’sir ko‘rsatishini aniqladi. Bir porsiya pitssa sog‘lom hayotning deyarli 10 daqiqasini yo‘qotadi. Ba’zi mahsulot yog‘lari odamlar uchun juda muhim, ammo bugungi kunda odamlar juda ko‘p to‘yingan yog‘larni iste’mol qiladi, bu esa qondagi xolesterin darajasini oshiradi va ularni yurak xastaliklari xavfiga olib keladi. Shuning uchun xolesterinni kamaytirishga yordam beradigan kletchatkga boy mahsulotlarga e’tibor berish juda muhim.

Zamonaviy odam kuniga ko‘p miqdorda kaloriya iste’mol qiladi, shakar, tuz va to‘yingan yog‘larga boy taomlarni afzal ko‘radi. Tarkibida shakar ko‘p bo‘lgan oziq-ovqat va ichimliklarni muntazam iste’mol qilish nafaqat semirishga, balki tish chirishiga ham olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, sabzavot, meva, yog‘li baliqlar, dengiz mahsulotlari, yong‘oqlar va loviyalarga yetarlicha e’tibor berilmaydi.

Ma’lumki, ushbu oziq-ovqatlarni ratsionga kiritish yurak xastaligi va saratonning ayrim turlarini rivojlanish ehtimolini kamaytiradi hamda ular sog‘lom umr ko‘rish davomiyligini oshirishi mumkinligi aniqlandi. Misol uchun, kichik bir hovuch yong‘oq hayotni 26 daqiqaga, qizil baliq esa 16 daqiqaga uzaytiradi.

Sevimli taomlardan voz kechish xafa qilishi mumkin, garchi ular umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha xavfli bo‘lsa ham. Buyuk Britaniya Milliy Sog‘liqni saqlash xizmati to‘g‘ri ovqatlanishda kraxmalli uglevodlar kunlik oziq-ovqatning uchdan bir qismidan sal ko‘proq bo‘lishi kerakligini tushuntirdi. Bu toifaga kartoshka, non, guruch, makaron va don mahsulotlari kiradi. Uchdan biridan ko‘prog‘i ham ko‘kat, sabzavot va mevalar bo‘lishi kerak.

Sog‘lom ovqatlanishdan tashqari, jismoniy mashqlar uzoq umr ko‘rishda katta rol o‘ynaydi. Kundalik mashg‘ulotlar qomatni saqlashga yordam beradi. Qoida tariqasida, nafaqat jismoniy mashqlar, balki sog‘lom odatlar ham hayot davomiyligini uzaytirishga yordam beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Umrning qisqarishiga sabab bo‘ladigan 5 ta mahsulot