Foto: «Lady.mail.ru»
Agar bir stakan kappuchino kundalik hamrohingizga aylangan bo‘lsa, qahva bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqish vaqti keldi. «Lady.mail.ru» nashri qahva ichishda me’yordan oshganlikni bildiruvchi 5 ta belgini eslatib o‘tdi.
Qahva uchun ko‘p pul sarflash
Ertalab qahvaxonada doimgidek kappuchino, do‘stlar bilan uchrashuvda latte, haftada bir marta qahva mashinasi uchun kapsulalar sotib olish. Budjetning asosiy ulushi qayerga ketishini hali ham bilmayapsizmi?
Qahva ichilmaganda, g‘azablanish
Qahvaga qaramlik shunday namoyon bo‘ladi: kayfiyat tushib ketadi va hayotda yoqimsiz narsalar ko‘payadi. Ammo espressoning birinchi dozasi bilan barcha alomatlar yo‘qoladi, afsuski, bularning barchasi qahva ichishda cheklanish vaqti kelganligining belgisidir.
Titroqning kuzatilishi, ammo sovuqdan emas
Ikkita 0,5 litrli americano qahvasidan keyin oyoq-qo‘llar beixtiyor qaltiray boshlasa, hayron bo‘lmaslik kerak. Organizm shu orqali kofein dozasi oshib ketganligi haqida signal beradi va titrash funksiyasini yoqadi.
Qahva organizmni tetiklashtirmaydi
Odatda qahva energiya beradi, lekin bir stakan lattedan keyin energiya darajasi nolga tushadi. Kofeinni ortiqcha iste’mol qilish tufayli organizmni tetiklantirish uchun yanada ko‘proq doza kerak.
Qahvadan istalgan vaqtda voz kecha olmaslik
Chekuvchilar ham yarim saat ichida uchinchi marotaba chekishdan oldin, uni istagan vaqtda tashlay olishiga ishonadi. Qahvaga qaramlik shifokorlarning ixtirosi emas, balki sog‘liq muammolari bilan to‘la haqiqiy tobelikdir. Agar yuqoridagi belgilar o‘zingizga tanish tuyilsa, darhol chora ko‘rish tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Avstriyada santexnik 30 kilogramm og‘irlikdagi tilla tangalar topib oldi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Rossiya o‘zbekistonliklarni sendvich-panellar ishlab chiqarish sohasida ishga olmoqchi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi