23:45 / 12.12.2022
1 642

Qishda iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan mahsulotlar

Qishda iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan mahsulotlar
Foto: Marie Claire
Bolalikdan kuz va qish faslida issiqroq kiyinish va O‘RVI bilan imkon qadar kam hollarda kasallanish uchun immunitetni mustahkamlash kerakligi o‘rgatiladi. Biroq, infeksiyani yuqtirish xavfini oshiradigan va uning alomatlarini kuchaytiradigan mahsulotlarni muntazam iste’mol qilish haqida ko‘pchilik bilmaydi. Marie Claire nashri tez-tez va qattiqroq kasallikka chalinishga sabab bo‘ladigan mahsulotlar haqida ma’lumot berdi.

Shakar
Shakarni ko‘p miqdorda iste’mol qilish shamollash kuchayishiga yoki uning saqlanib turishiga sabab bo‘ladi. «Frontiers in Immunology» jurnalida 2017 yilda chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, ovqatlanish ratsionida shakarning ko‘pligi immunitet tizimiga ta’sir qiladi. Bu tananing infeksiyalarga qarshi kurashish uchun kuchsiz qolganini anglatadi.

Foto: Marie Claire

Spirtli ichimliklar
Kuchli alkogol ichimliklar chanqashga sabab bo‘ladi, suyuqlik esa organizmdagi infeksiyani yengish uchun juda zarur hisoblanadi. Shuning uchun, agar kasal bo‘lsangiz, spirtli ichimliklardan butunlay voz kechib, ko‘proq issiq o‘tlardan qilingan choyni ichganingiz ma’qul.

Kofeinli ichimliklar
Qahva, ko‘k, qora choy va boshqa kofeinli ichimliklar ham tanani suvsizlantiradi. Shuning uchun sovuq havoda kofeinsiz analoglarga o‘tgan ma’qul.

Foto: Marie Claire

Achchiq ovqatlar
2016 yilda «Critical Reviews in Food Science and Nutrition» jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, achchiq ovqatlarda topilgan kapsaitsin birikmasi balg‘am ishlab chiqarishni yanada kuchaytiradi. Bu qisqa muddatda og‘riqli yo‘talni yengillashtirishi mumkin, biroq uzoq muddatda yallig‘lanishni kuchaytirishi va tuzalishni kechiktirishi mumkin.

Sut
Bolalikda shamollaganimizda ota-onamiz tez-tez sut va asal ichirgan. Biroq, tadqiqotlar bu ishning xatoligini ko‘rsatadi. Sut va sut mahsulotlari balg‘amni qalinroq qilib, undan qutulishni qiyinlashtiradi. Natijada, balg‘am organizmda qoladi va yallig‘lanishni kuchaytiradi.

Foto: Marie Claire

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qishda iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan mahsulotlar