22:50 / 17.12.2022
1 467

Qay vaqtda solishingizga qarab taomning mazali bo‘lishini belgilab beradigan mahsulotlar

Qay vaqtda solishingizga qarab taomning mazali bo‘lishini belgilab beradigan mahsulotlar
Oshpazlikda mayda-chuyda narsaning o‘zi yo‘q: taom mukammal bo‘lishi uchun nafaqat mahsulotlarning nisbatlarini, balki ularni qo‘shish vaqtini ham aniq bilish kerak.

Pomidor yoki tomat pastasi

Foto: AdMe
Pomidorda tomat pastasida bo‘lgani kabi juda ko‘p kislota mavjud bo‘lgani uchun u kartoshkaning pishishiga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun agar makaron qovurayotgan bo‘lsangiz, unda pomidorni kartoshka pishishiga yaqin solish kerak. Agar go‘sht pishirsangiz, unda pomidordagi kislota uni yumshoqroq qiladi va pishirish vaqtini qisqartiradi.

Ko‘katlar

Foto: AdMe
Barra ko‘katlar, masalan, shivit, kinza yoki rayhon ovqat tayyor bo‘lay deganda yoki qozonni pechdan olganingizdan keyin qo‘shilishi kerak. Gap shundaki, ko‘katlarning ta’mini barglari va poyalaridagi efir moylari beradi, ular issiqlik bilan ishlov berish boshlanganidan 10-15 minut o‘tgach bug‘lanadi. Boshqa tomondan, quritilgan ko‘katlarni pishishidan bir necha daqiqa oldin qo‘shish kerak.

Murch

Foto: AdMe
Ko‘katlar kabi efir moylari murchning ta’mi uchun ham javobgardir. Ushbu ziravordan maksimal ta’mga ega bo‘lish uchun murchni maydalab olish kerak. Murchni ham mazasi yo‘qolmasligi uchun oxirida qo‘shish kerak. Ammo maydalangan murchning foydasi kamroq.

Achchiq qalampir

Foto: AdMe
Achchiq qalampir tayyor taomning issiqligiga bevosita ta’sir qiladi. Qalampir qancha uzoq pishirilsa, achchig‘i shuncha kamayadi. Agar ovqat achchiq bo‘lishini istasangiz, pishay deganda soling. Agar taom unchalik achchiq bo‘lmay, lekin qalampir ta’mi kelib turishini istasangiz, unda avvalroq qo‘shing.

Sarimsoq

Foto: AdMe
Taomdan sarimsoq ta’mi kelib turishini xohlasangiz, ovqat pishganda yoki tagi o‘chirilgandan keyin maydalangan sarimsoq qo‘shing.

Qovurganda ham xuddi shunday qilish kerak: agar uni qovurilgan sabzavotlarga qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, uni maydalab, pechni o‘chirishdan yarim daqiqa oldin qo‘shing.

Limon sharbati

Foto: AdMe
Limon yoki laym sharbati taomlarga ozgina nordonlik va noodatiy, nozik lazzat beradi. Biroq issiqlik bilan ishlov berishda sitrus bo‘laklari yoki sharbati achchiq bo‘lib, ovqatga ham o‘tkazadi. Shuning uchun agar sho‘rva yoki sous mazali bo‘lishini istasangiz, ovqatni pechdan olganingizdan so‘nggina qo‘shing.

Tuz

Foto: AdMe
Pishiriqlarga maza berish uchun xamirga ham tuz qo‘shish kerak. Biroq ko‘plab oshpazlar tuzni xamir qorayotganda xamirturush bilan bir vaqtning o‘zida solishadi. Bu esa xamirturush kuchini o‘ldiradi. Pishiriqlaringiz doimo mayin bo‘lishi va xamir yaxshi ko‘tarilishi uchun xamirturushga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuz solmang, balki uni un bilan aralashtiring.

Qisqichbaqalar

Dengiz mahsulotlari eng injiq mahsulotlardan biridir. Qisqichbaqalar qanchalik mayin va yumshoq bo‘lishi pishirish vaqtiga bog‘liq: agar muzlatilgan qisqichbaqalardan foydalansangiz, avval ularni muzdan eriting va tayyor bo‘lishidan bir daqiqa oldin sho‘rvaga qo‘shing.

Pishirilmagan qisqichbaqalar pushti va shaffof bo‘lgunga qadar 1-3 daqiqa davomida pishirilishi kerak. Aniq vaqt ularning hajmiga bog‘liq: qisqichbaqalar qanchalik kichik bo‘lsa, ularga kamroq vaqt kerak bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qay vaqtda solishingizga qarab taomning mazali bo‘lishini belgilab beradigan mahsulotlar