Foto: Marie Claire
Bugungi kunda onlayn xarid qilish ko‘pchilik uchun qulay, ammo shunga qaramay, u savdo markazlari va butiklardagi xaridlar bilan raqobatlashmaydi. Chunki haqiqatan ham ba’zi narsalarni sinab ko‘rish, teginish, his qilish, ko‘rib xarid qilish yaxshi.
Internetda ko‘pincha faqat chiroyli tasvirga e’tibor qaratiladi, xarid qilish uchun qimmatli vaqtni boy bermaslikka harakat qilinadi, lekin oxirida hammasi aksincha bo‘lib chiqishi mumkin. Marie Claire nashri onlayn xarid qilish tavsiya etilmaydigan buyumlar ro‘yxatini taqdim etdi.
Onlayn xarid qilmaslik kerak bo‘lgan oltita asosiy buyum mavjud. Asablarni saqlab qolish uchun savdo markazidan nima xarid qilish kerakligini aniqlaymiz.
Oyoq kiyimlar
Har doim taglikning parametrlarini o‘lchash mumkin, ammo, afsuski, bu yangi poyabzal yoki etiklarda uzoq vaqt yurishga kafolat bermaydi. Chunki poyabzal sotib olayotganda oyoqning semizligi va pastki qismi ham hisobga olinadi. Ba’zan ular mos kelmaydi, ba’zida sotuvchilar noto‘g‘ri o‘lchamni yuboradi. Qolaversa, oyoq kiyimlar zamok va boshqa aksessuarining ham ishlashini shaxsan tekshirish kerak. Shuning uchun oyoq kiyimni uning reklamasiga qarab emas, balki sifat, o‘lcham va chidamlilikni tekshirish uchun do‘konlardan xarid qilish tavsiya etiladi.
Kiyimlar
Kiyimlarning hammasiyam onlayn xarid qilish uchun mos kelmaydi. Chunki har bir insonning tana tuzilishi turlicha. Kiyimlar esa, shim yoki ko‘ylak bo‘lsin, bir xil o‘lchamda tikiladi. Ayniqsa, xaridorning o‘lchami mos kelgani bilan uning bo‘yi baland yoki past bo‘lishi mumkin. Shuning uchun har qanday kiyimni xarid qilishda uning matosini ushlash, kiyib ko‘rish va rangi mos kelishini aniqlab olish zarur. Onlayn do‘konlarda esa buning imkoni yo‘q.
Bosh kiyimlar
Onlayn xarid qilish tavsiya etilmaydigan yana bir buyum bu bosh kiyimlardir. Birinchidan, barcha mijozlar ham bosh aylanasining o‘lchamini bilmaydi. Ikkinchidan, yuzning shakli ham bu masalada muhim ahamiyatga ega. Onlayn xarid qilingan bosh kiyim sizga umuman mos kelmasligi, ya’ni katta yoki kichkina bo‘lishi mumkin. Qolaversa, ularning matosini ham surat orqali aniqlash ancha qiyinchilik tug 'diradi.
Belbog‘ va qo‘lqoplar
Shu o‘rinda, qo‘shimcha aksessuar hisoblangan belbog‘ va qo‘lqoplar ham ko‘rib, o‘lchab xarid qilinishi kerak. Sababi bel aylanasi, belbog‘ning qalinligi va unng bir-biriga o‘ztkaziladigan tugmasi kiyimga mos keladimi yoki yo‘q, aniqlab olish zarur. Qo‘lqop bilan ham xuddi shu holat ro‘y beradi. Kimningdir qo‘llari nozik, boshqasini esa biroz kattaroq, ammo o‘lcham bir xil bo‘lishi mumkin.
Oqshom liboslari
Qizil yo‘lakmi yoki dugonangizning tug‘ilgan kuni — buning ahamiyati yo‘q. Muhimi, ushbu kunda hamma narsa chiroyli bo‘lishi kerak. Ayniqsa, obrazning asosiy qismi hisoblangan libos makiyaj, turmak va oyoq kiyim uchun mos bo‘lishi lozim. To oqshom libosini xarid qilguncha urfdagilar va dizaynlarini onlayn tomosha qilish zarar qilmaydi. Ammo xarid qilishga kelganda, ularni albatta, kiyib, iloji bo‘lsa, qulaylikni sinab ko‘rish tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Manba: DXX raisi Abdusalom Azizov lavozimidan olindi
Elektrdan foydalanib pulini to‘lamagan fermer xo‘jaligining kombayni xatlab qo‘yildi
Jenna Ortega, Zendaya va yosh bo‘lishiga qaramay Gollivudni zabt etgan aktrisalar
Oq uy Ukrainaga Rossiya hududiga ATACMS raketalarini qo‘llashga ruxsat berganini tasdiqladi
Maldiv orollari turistlardan undiriladigan soliqlarni keskin oshiradi