
Yangi yil dasturxonida ko‘pgina taom va salatlar mayonez mahsulotidan tayyorlanishi tabiiy. Ammo uni ko‘p iste’mol qilish zararli. Shifokor mayonez o‘rnini bosuvchi mahsulotni tavsiya qildi.
Shifokor-parhezshunos Yelena Solomatinaning fikrlariga ko‘ra, do‘kondan xarid qilingan har qanday mayonez zararli, chunki uning kaloriyalik miqdori 60-70% ni tashkil qiladi. Shu sababli Yangi yil salatlarini mayonez o‘rnini bosuvchi mahsulotlar bilan tayyorlagan ma’qul.
Bunda uy sharoitida mayonez tayyorlash yaxshi samara beradi. Uni tayyorlashda uy tuxumi yoki bedana tuxumidan foydalanish mumkin.
Yog‘siz smetana yoki tabiiy yogurt ham mayonezga yaxshi muqobil bo‘ladi.
Shuningdek, mayonez salomatlikka zarar qilmasligi uchun unga smetana yoki yogurt aralashtirib foydalanish samarali. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar