Foto: «Wday.ru»
Shubhasiz, hamma vazn tashlashning bu usuli haqida eshitgan. Siz ham kefirli gechkani qanday tayyorlash va uni qay tartibda iste’mol qilishni o‘rganib, sezilarli ravishda ozishingiz mumkin.
Ushbu diyeta sizdan och qolishni talab etmaydi, chunki mazali grechka to‘yimli mahsulotdir. Ammo parhez haqiqatan ham cheklangan, shu qoida sizni quvontirmasligi aniq. Agar bunday parhezga rioya qilish chindan qiyinlik qilsa, taomnomani barra mahsulotlar bilan boyitishingiz mumkin.
Kefir bilan grechka qorishmasini tayyorlashning nima afzalligi bor?
Bu qorishma organizm uchun koni foyda:
Grechka tarkibida oson hazm bo‘ladigan oqsillar va uglevodlar bor. Yog‘lar deyarli yo‘q. Kletchatkaga boy grechka ovqat hazm qilish tizimi uchun foydalidir va ishtahani nazorat qilish imkonini beradi. Shuningdek, grechkada organizm uchun vitaminlar va minerallar mavjud.
Kefir — fermentlangan foydali sut mahsuloti. Uning tarkibidagi bakteriyalar ovqat hazm qilish traktining faoliyatini yaxshilaydi, tanani vitamin va minerallar bilan ta’minlaydi. Bu mahsulotlarning foydaliligiga qaramay, bunday kam ovqatlanishni uzoq vaqt davom ettirish tavsiya etilmaydi. Uzog‘i — 7 kun. 2-3 oydan keyin kefir-grechka diyetasi qayta takrorlanishi lozim.
Xom grechkani kefir bilan qanday aralashtirish kerak?
Qorishmani suvda va kefirda tayyorlash mumkin:
Suv retsepti. Bir stakan miqdordagi grechkani tozalab oling. Ustiga 350 ml qaynoq suv quying. Bir kecha davomida idishni sochiq bilan o‘rab qo‘ying. Ertalab tayyor bo‘ladi. Siz donni bir marotaba qaynatib olishingiz mumkin. Bu holda qorishmani 3-4 soat mobaynida o‘rab qo‘yish kifoya.
Kefir uchun retsept. Grechka bilan kefirning nisbati uchga bir. Grechkani kefirga aralashtiring va bir kecha mobaynida sovuq joyda qoldiring. Qorishma o‘ziga xos ta’mga ega bo‘ladi.
Agar jigaringizda yallig‘lanish jarayoni yoki oshqozon-ichak patologiyasi mavjud bo‘lsa, ushbu parhez siz uchun to‘g‘ri kelmaydi. Boshqa hollarda bunday ovqatlanish faqat foyda keltiradi: teri va sochning holati yaxshilanadi, qon bosimi va xolesterin darajasi normallashadi.
Vazn yo‘qotish uchun kefirga to‘yintirilgan grechka: retsept
Foto: «Wday.ru»
Qoida tariqasida kefirga to‘yintirilgan grechkani kam-kamdan kuniga 5 martagacha iste’mol qilishingiz kerak. Agar buni bajarish qiyin bo‘lsa, siz boshqa taomlarni qo‘shishingiz mumkin:
- zaytun yog‘i qo‘shib tayyorlangan sabzavotli salat;
- olmali pyure;
- qaynatilgan go‘sht.
Bir kunlik kefir normasi 1000 ml, suv va shakarsiz o‘simlik choylari — taxminan 2000 ml. Bunday diyetada siz haftasiga 4-5 kg yo‘qotishingiz mumkin. Asosiysi, kundalik taomlarni menyuga diqqat bilan kiritish, yog‘li ovqatlarni va shirinliklarni qat’iyan cheklash. Agar bu qoidaga amal qilinmasa, unda vazn tez orada yana o‘z holiga qaytadi. Har 7 kunda bir marta kefirli grechka bilan kun o‘tkaza olsangiz — qanday ajoyib!
Eng xavfsiz va samarali vazn yo‘qotish — bu sizning ma’lumotlaringiz (bo‘yi, vazni, jinsi, yoshi, jismoniy faolligi) asosida hisoblangan, kam kaloriyali, muvozanatlashtirilgan ovqatlanishdir. Jismoniy mashqlar qo‘shing. Yo‘qotilgan vazn kilogrammi raqamlarda o‘xshash bo‘lishi mumkin. Ammo har birimiz boshqa-boshqamiz, organizmlarimiz ham har xil. Agar sizning dugonangiz siz bilan bir xil diyetada 3 kun ichida 5 kg vazn yo‘qotsa, sizni ham xuddi shunday natija kutmoqda degani emas, chunki dastlabki ma’lumotlar bir xil bo‘lmaydi.
Sizni allaqachon sog‘liq bilan bog‘liq muammolar bezovta qilayotgan bo‘lsa, unda hech qanday holatda siz «ekspress» diyetani qo‘llay ko‘rmang. Chunki bu vaziyatni yanada og‘irlashtirishi va yangi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Agar sizning salomatligingiz joyida bo‘lsa, o‘zingizga g‘amxo‘rlik qiling: ortiqcha vaznni yo‘qotish har doim xafvsizdir. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Manba: DXX raisi Abdusalom Azizov lavozimidan olindi
Elektrdan foydalanib pulini to‘lamagan fermer xo‘jaligining kombayni xatlab qo‘yildi
Jenna Ortega, Zendaya va yosh bo‘lishiga qaramay Gollivudni zabt etgan aktrisalar
Oq uy Ukrainaga Rossiya hududiga ATACMS raketalarini qo‘llashga ruxsat berganini tasdiqladi
Maldiv orollari turistlardan undiriladigan soliqlarni keskin oshiradi