07:40 / 29.01.2023
348

Tilla uzuk taqilgan barmoq qorayib qolsa: muammoni qanday bartaraf etish mumkin?

Tilla uzuk taqilgan barmoq qorayib qolsa:  muammoni qanday bartaraf etish mumkin?
Uzuk taqqan deyarli har bir ayol bu hodisaga duch kelgan. Tilla — zargarlik buyumlari tayyorlanadigan qimmatbaho metalldir, uzuklar eng qadimiy zargarlik buyumlaridan biridir. Ko‘pchilik nima uchun tilla taqqan barmoqlarda qora rang paydo bo‘lishiga hayron bo‘ladi.

Mutaxassislarning fikricha, tilla uzukdan keyin qoladigan qora chiziqlar insondagi xastalikdan dalolat beradi. Aslida bunda hech qanday bog‘liqlik yo‘q.

Nima uchun barmoqlar tilla uzuklar ostida qora rang oladi? Sabablar

Zargarlik buyumlaridan foydalangandan keyin terining nima uchun qorayishini tushunish mumkin bo‘lgan qator asosli sabablar bor:

1. Jilo beruvchi vositalardan foydalanish. Sotuvga chiqarishdan avval tilla buyumlarga jilo beruvchi pasta bilan ishlov beriladi. Agar u to‘g‘ri usul bilan yuvilmagan bo‘lsa, terida qora dog‘lar paydo bo‘ladi. Qisqa vaqtdan keyin pasta yuviladi va u zargarlik buyumidan butkul o‘chadi. Muammo ham o‘z-o‘zidan yo‘qoladi.

2. Ishlab chiqaruvchining vijdonsizligi. Ba’zan pulni tejash maqsadida tilla noqonuniy ravishda boshqa metallar bilan aralashtiriladi. Shu bois tillani faqat ixtisoslashtirilgan do‘konlarda dastlabki tekshiruvlardan o‘tkazish, shuningdek, mahsulot tarkibini o‘rgangandan so‘nggina sotib olishingiz kerak. Qimmatbaho buyumning past sifati vaqt o‘tishi bilan kutilmagan yoqimsiz hodisalarni yuzaga keltirishi mumkin.

3. Kosmetika vositalaridan noto‘g‘ri foydalanish. Qo‘llaringizga krem ​sursangiz va darhol tilla uzukni taqib olsangiz, metall oksidlanishni boshlaydi. Bu qora chiziqlar paydo bo‘lishiga olib keladi.

Terining qorayishiga me’yordan ortiq ko‘p go‘sht iste’mol qilish va terlash ham sabab bo‘ladi. Terlash vaqtida organizmdan tarkibida tilla va boshqa aralashmalar bilan reaksiyaga kirishadigan juda ko‘p xilma-xil moddalar ajraladi. O‘zaro ta’sir natijasida teri qorayadi. Tilla buyumlarning tutun, kuyik va turli gazlar bilan ta’siri ham ko‘pincha bu kabi oqibatlarga olib keladi.

Tilla uzukdan qoraygan barmoq: xalqona belgilar

Odamlar bu hodisada sirli ma’no yashiringaniga ishonadi. Ular eng qaynoq metalldan yasalgan uzuk o‘rnida qora dog‘larning paydo bo‘lishi odamning zarar ko‘rganligining birinchi belgisi, deb hisoblashadi.

Oltin sezuvchan metall bo‘lib, u egasiga qaratilgan salbiy ta’sirni darhol bildiradi. Yomon ko‘zdan xalos bo‘lish uchun uzukni va qo‘llarni muqaddas suvda bir muddat botirib qo‘yib, yuvib tashlashni tavsiya etishadi.

Ammo ko‘pincha barmoqning qorayib qolishi organizmdagi jiddiy kasalliklar haqida signal hisoblanadi. Bu hodisa homilador ayollarda, ayniqsa, xavotirlidir. Xalqda buni homilaning rivojlanishidagi nuqsonlar to‘g‘risida ogohlik belgisi sifatida tushuniladi. Lekin har qanday holatda ham vahimaga berilmaslik kerak. Yuzaga kelgan muammolarni aniqlash va ularni o‘z vaqtida bartaraf etish uchun darhol shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Barmoq tilla uzukdan qoraysa nima qilish kerak?

Ushbu hodisani bartaraf etish uchun quyidagi ko‘rsatmalarga amal qilishing:
- Qo‘llaringiz uchun yuqori sifatli kosmetikadan foydalaning;
- Tilla buyumlarni buyumlarni belgilangan holatda saqlang;
- Salomatligingizni tekshirtiring;
- Tozalash ishlarni bajarayotganda zargarlik buyumlarni yechib qo‘ying.

Sof oltindan yasalgan uzuklarni taqib bo‘lmasligi aniq, chunki bu metall juda yumshoq tuzilishga ega. Shu sababli, uni qattiqlashtirish uchun unga boshqa komponentlar qo‘shiladi. Asosiysi, qo‘shimchalar miqdori ruxsat etilgan me’yordan oshmasa bo‘lgani.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tilla uzuk taqilgan barmoq qorayib qolsa: muammoni qanday bartaraf etish mumkin?