09:50 / 18.03.2023
362

Ramazon oyida to‘g‘ri ovqatlanishning oltin qoidalari

Ramazon oyida to‘g‘ri ovqatlanishning oltin qoidalari

O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Ramazonda sog‘lom ovqatlanish va oshqozon ichak tizimi salomatligini saqlash uchun qator tavsiyalarni berdi.

1. Taomlanishni xurmodan boshlang.

Xurmo — bu ro‘za paytida kun davomida energiya bilan ta’minlaydigan uglevodlarning manbai hisoblanadi. Xurmo mevasi tolalari ovqat hazm qilish traktini ishlashini tartibga soladi. Bundan tashqari, xurmo magniy va kaliyga boy.

2. Ko‘p miqdorda suv iching

Ayniqsa issiq havoda tanangizni suv bilan ta’minlash uchun yetarli miqdorda suv ichish juda muhimdir. Kun davomida chanqamaslik uchun og‘iz ochilgandan keyin va saharlikdan oldin yetarlicha suv iching. Ovqatlanish uchun ruxsat berilganda 8 stakan suv ichishga harakat qiling.

3. Chanqatadigan ovqatlar va mahsulotlardan saqlaning

Tuzli ovqatlar, konservalar, tuzlangan bodringlar, baliqlardan saqlaning. Bundan tashqari, ziravorlarga boy ovqatlardan saqlaning, chunki ular sizda chanqoq hissini chaqiradi. Ko‘proq meva va sabzavotlarni iste’mol qiling, ular organizmning suv zaxiralarini yangilaydi va to‘ldiradi.

4. Sekin, shoshmasdan iftorlik qiling

Uzoq muddatli ochlikdan so‘ng, tanaga katta miqdordagi oziq-ovqat tushishi – stressdir. Mo‘tadil bo‘lishga harakat qiling, iftorni xurmo, suv bilan boshlang, keyin sho‘rva, salat yeyishingiz mumkin. Bir muncha vaqt o‘tgach, asosiy taomga o‘ting. Ortiqcha ovqatlanish ovqat hazm qilishda muammolar va oshqozon og‘rig‘iga sabab bo‘lishi mumkin.

Iftorni iliq sho‘rva bilan boshlash ro‘za tutgandan keyin eng yaxshi ovqat bo‘lib, organizmning ozuqaviy moddalarini to‘ldiradi va tanani og‘irroq ovqatlar uchun tayyorlaydi.

5. Taomingizda barcha kerakli nutriyentlar mavjudligiga ishonch hosil qiling

Iftorda oqsillar, sabzavotlar, yormalar, mevalar va foydali yog‘lar kabi ovqatlar bo‘lishi kerak.

6. Sog‘lom ovqatlarni tanlang

Ratsioningizda don, yormalar, tovuq go‘shti, yog‘siz go‘sht, baliq, zaytun moyi va mevalar bo‘lishi kerak. Qovurilgan, sho‘r va yog‘li ovqatlardan saqlaning. Go‘sht, dukkaklilar, tuxum va sut mahsulotlari oqsilga boy. Ushbu oziq-ovqat mahsulotlaridan kamida bittasini har kuni iste’mol qilishingiz kerak.

7. Shirinliklardan saqlaning

Iftordan keyingi shirinliklar qorinda gaz to‘planishiga sabab bo‘ladi va ovqat hazm qilishni buzadi. Bundan tashqari, u qondagi glyukoza miqdorini oshiradi, bu esa shirinliklarga bo‘lgan ehtiyojni yanada oshiradi. Shuning uchun iftorlikdan 2–3 soatdan keyin shirinliklarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Shirinliklarni foydaliroq mahsulotlarga: xurmo, quruq mevalar, shirin mevalar bilan almashtirish kerak.

8. Qahva (kofe) ichishdan tiyiling

Ramazon oyida bosh og‘rig‘i va uyqusizlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun qahva ichishni kamaytirishga harakat qiling.

9. Iftorlik va saharlik orasida yengil tamaddi qilib olish

Asosiy ovqatlanishni uch qismga bo‘lish va iftorlik va saharlik orasida yengil tamaddi qilib olish tavsiya qilinadi. Uchdan bir qismi murakkab uglevodlar, uchdan biri yog‘siz go‘sht yoki baliq, qolganlari esa sabzavot bo‘lishi kerak. Bu sog‘lom muvozanatli ovqatlanish bo‘ladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ramazon oyida to‘g‘ri ovqatlanishning oltin qoidalari