17:57 / 13.04.2023
180

Shirinliklar iste’moli kamaytirilganida yuz terisida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?

Shirinliklar iste’moli kamaytirilganida yuz terisida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?

Ovqatlanish tartibi nafaqat umumiy holatimizga, balki tashqi ko‘rinishimizga ham ta’sir ko‘rsatadi. Bu borada yuz terisi, ayniqsa, sezgirdir. Shakar va oddiy uglevodlar iste’moli terida qanday o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi?

Shakar va uglevodlar organizmda qanday vazifa bajaradi?

Shakar ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalari uni foydali komponentlasiz kimyoviy moddaga aylantirdi. Ilgari shakar olingan o‘simlik xomashyosi vitamin va tabiiy moddalarning bir qismini saqlab qolgan holda bugungiday kuchli tozalash usullaridan o‘tkazilmagan. Endi bu mahsulot organizm uchun zarur bo‘lgan ozuqa moddalarini o‘z ichiga olmaydi. Yuqori kaloriya tarkibiga qaramasdan, u to‘qimalarda energiya tanqisligiga olib keladi.

Shakar oshqozon va ichak devorlarini bezovta qiladi. Bu oziq-ovqat, vitamin va minerallar hazmini qiyinlashtiradi va diareyaga sabab bo‘lishi mumkin. Qonda glyukozaning ortib ketishi qon tomirlari uchun zararli bo‘lib, yuqori xolesterin ateroskleroz rivojlanishini keltirib chiqaradi.

Oziq-ovqatda oddiy shakarning ko‘pligi normal metabolizmni buzadi va kislorod tanqisligi yuzaga keltiradi. Oqibatda, hujayralar o‘limi xavfi kuchayadi. Vaqt o‘tishi bilan organizmda toksinlar darajasi ortadi, jiddiy patologiyalarni rivojlanish xavfi va terining erta qarishi yuz beradi. Albatta, bularning barchasi tashqi ko‘rinishga ta’sir qilmasligi mumkin emas.

“Shakar yuzi” — bu nimani anglatadi?

Oddiy shakarning teriga salbiy ta’siri isbotlangan. U nafaqat qandolatchilikda, balki ayrim mevalarda ham uchraydi. Ba’zi sut mahsulotlari — shirinliklar, shakar qo‘shilgan yogurt va tvorog — kundalik iste’mol uchun mutlaqo xavfsiz emas.

Organizmdagi oddiy uglevodlar elastin va kollagen molekulalari bilan o‘zaro ta’sirlashib, oqsil tolalarini nisbatan qattiq va zichlashtiradi. Bunday o‘zgarishlar murakkab fermentativ bo‘lmagan jarayonlar bo‘lib, olimlar buni “glikatsiya” deb atashadi.

Ma’lumki, glikatsiya to‘qimalar tiklanishini sekinlashtiradi va organizmda namlik miqdorini kamaytiradi. Bu “shakarga qaramlik” deb ataladigan aysbergning faqat uchi bo‘lib, u terimizga nihoyatda salbiy ta’sir qiladi. Natijada, epidermis yupqalashadi, quruq va xira tortib qoladi. Tirnalishlar, qizarish paydo bo‘ladi, ajinlar chuqurlashadi. Bu noxush hodisalarning barchasi “shakar yuzi” deb ataladi.

Foto: “Noviy ochag”

Foto: “Noviy ochag”

Shakarga qaramlik boshqa barcha zararli odatlar kabi u bilan kurashish unchalik oson emas.

“Shakarga qaramlik”dan qutulish uchun nima qilish kerak?

  • birinchi qadam — ovqatlanish tizimini o‘zgartirish, glikatsiyaning asosiy sababi bo‘lgan shirinliklarni ko‘p miqdorda iste’mol qilishdan voz kechish. Busiz boshqa barcha sog‘lomlashtirish choralari foyda bermaydi;
  • qayta ishlangan shakar diyetadan butunlay chiqarib tashlanishi kerak. Bu murakkab uglevodlar, sabzavotlar, mevalar va rezavorlarda yetarlidir. Shirinliklar ham yong‘oq va urug‘lar bilan almashtirilishi mumkin;
  • ratsionda oqsil, yog‘ va kletchatka miqdorini oshiring. Bu to‘yinganlik tuyg‘usini beradi va qon glyukozasini normal holatga keltiradi;
  • suv ichish rejimiga rioya qiling, har doim o‘zingiz bilan bir shisha suv olib yuring. Turli shifobaxsh o‘simlik choylarini iching. Shuni unutmangki, ochlik va tashnalik markazlari miyada bir-biriga yonma-yon joylashgan. Shuning uchun biz ba’zan bu ikki sezgini chalkashtirib yuboramiz;
  • shakarni diyetangizdan sekin-asta chiqarib tashlasangiz ham bo‘ladi. Avval voz kechish eng oson bo‘lgan oziq-ovqatlarni olib tashlang;
  • kundalik menyuda oddiy shakar miqdorini barcha uglevodlar me’yorining 10 foizigacha kamaytiring;
  • ovqatdan so‘ng ochiq havoda piyoda yurish, harakatda bo‘lish juda foydali. Jismoniy faollik qondagi glyukoza miqdorini kamaytirishga yordam beradi;
  • terining go‘zalligi va tarangligini saqlab qolish uchun B vitaminlarini qabul qilish, chekishni tashlash, quyoshdan himoyalovchi vositalardan foydalanish, stressni boshqarish, sog‘lom ish va dam olish rejimi yordam beradi. Piling va yuz massaji kabi terini parvarish qilish uchun kosmetik muolajalar haqida unutmang.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Shirinliklar iste’moli kamaytirilganida yuz terisida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?