Foto: iStock
Gaz plitasidagi bitta o‘choqdan tarqaladigan benzol konsentratsiyasi tamaki tutunidan ham yuqori darajada bo‘lishi mumkin.
AQSH Stenford maktabi tadqiqotchilari 87 ta uy xo‘jaligidagi gaz plitasidan chiqadigan benzolni o‘lchab, uning miqdori Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan belgilangan me’yorlardan oshib ketishini aniqladi.
Jumladan, gaz plitasi 180 C° darajada 45 daqiqa davomida yoqilganda, xona ichidagi benzol miqdori tamaki tutunidan tarqaladigan miqdordan oshib ketgan. Olimlarning ta’kidlashicha, zararli chiqindilar oshxonadan butun uyga tarqaladi va u yerda bir necha soat davomida qoladi.
Shu bilan birga, Stenford olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, elektr va induksion plitalardan tarqaladigan zararli moddalar miqdori juda kam.
Onkolog Jenis L.Kirsh tadqiqot natijalarini sharhlar ekan, gaz plitalaridan tarqaladigan benzol miqdori xavotirli ekanini aytdi.
«Biz metan yoqilganda benzol tarqalishini bilardik. Lekin uning miqdorini o‘lchash – bu katta yutuq. Zararli moddalar miqdori kutilganidan yuqori ekani aniqlandi. Bu ancha xavfliroq», dedi doktor Kirsh.
Uning ta’kidlashicha, odamlar uydan tashqarida ham zararli kimyoviy moddalarga duch kelishadi - bu chiqindi gazlar, zavod va fabrikalardan tarqaladigan tutun, o‘rmon yong‘inlari tutuni. Ammo uyda ular zararli moddalar darajasini nazorat qilishi mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, odamlar induksion pech sotib olishi, toster, elektr choynaklardan foydalanishi va binolarni ventilyatsiya qilishi mumkin.
BMT Saraton tadqiqotlari bo‘yicha xalqaro agentligi va AQSH atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi benzolni kanserogen modda sifatida belgilaydi. Undan nafas olish leykemiya va limfoma, shuningdek, boshqa jiddiy kasalliklar xavfini oshirishi mumkin. Shifokorlarning ta’kidlashicha, benzolning odamga ta’sir qilish darajasi xavfsiz emas.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi