19:57 / 25.06.2023
448

Bedana tuxumining salomatlik uchun foydasi beqiyos, zarari-chi?

Foto: Woman

Odatda biz bedana tuxumini oddiy qabul qilamiz, sotuvda tovuq tuxumi bo‘lmaganda ularni sotib olamiz. Kamdan kam odam bedana tuxumining qanday foydali ekanligidan xabardor. Vaholanki, ularning inson salomatligi uchun foydasi tovuq tuxuminikiga qaraganda ancha ko‘proq.

Hatto qadimgilar ham bedana tuxumining qanday va nima uchun foydali ekanligini bilishgan, ulardan kasalliklarni davolash uchun foydalanishgan. Bedana tuxumining bir grammida tovuq tuxumiga nisbatan A vitaminlari — 2,5 marta, B1 — 2,8 marta, B2 — 2,2 marta ko‘p. D vitamini bedana tuxumida faol shaklda mavjud bo‘lib, raxit rivojlanishining oldini oladi. Bedana tuxumida fosfor darajasi 5 baravar yuqori (bu aqliy rivojlanishga hissa qo‘shadi, shuning uchun maktab yoshidagi bolalarga bedana tuxumini yedirish foydalidir) va kaliy, temir moddasi 4,5 marta ko‘p.

Bedana tuxumlari hech qachon salmonellalarni o‘z ichiga olmaydi. Ularda xolesterin deyarli yo‘q. Tovuq tuxumidan farqli o‘laroq, bedana tuxumi bolalar va kattalarda allergiyaga olib kelmaydi. Aksincha, ularda mavjud bo‘lgan oqsil allergik reaksiyalarni bostirishga qodir, shuning uchun ular asosida allergiyani davolash uchun ishlatiladigan tibbiy preparat ishlab chiqariladi.

Salomatlik va go‘zallik uchun bedana tuxumlari

Bedana tuxumining kasalliklar bilan muvaffaqiyatli kurashadigan bir nechta asosiy yo‘nalishlari mavjud. Albatta, dori-darmonlarni qabul qilmasdan, faqat tuxumni iste’mol qilish to‘g‘ri emas, ammo bu kasallik bilan kurashayotgan organizm uchun katta yordamdir:

  • Bedana tuxumini iste’mol qiladigan xoletsistitli bemorlarda og‘izda doimiy achchiq ta’m va o‘ng tarafda og‘riq yo‘qoladi;
  • Gipertoniya, qandli diabet, sil, anemiya va bronxial astmani davolashda tuxum kurs shaklida 120 dan 250 donagacha “tayinlanadi”;
  • Metabolizmni normallashtirish va qon aylanishini rag‘batlantirish uchun bedana tuxumidan iste’mol qilish tavsiya etiladi: bolalar uchun yoshga qarab — 2-6 dona, kattalar uchun — kuniga 4-6 dona;
  • Bedana tuxumi ayniqsa keksa odamlar uchun foydali. Muntazam ravishda bedana tuxumini iste’mol qiladigan keksa odamlarda bo‘g‘imlardagi og‘riqlar ikki oydan keyin yo‘qoladi, eshitish va ko'rish yaxshilanadi;
  • Bedana tuxumlari homilador ayollarning ratsionida bo‘lishi kerak — u toksikozni yengillashtiradi va homiladorlik davrini osonlashtiradi;
  • Bedana tuxumini iste’mol qilganda gastrit (oshqozon yarasi) va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, shuningdek, pankreatitni davolashda kutilgan natijalar beradi;
  • Bolalar va kattalarni klinik oziqlantirishda, birinchi navbatda ekologik noqulay hududlarda bedana tuxumidan foydalanish maqsadga muvofiqdir;
  • Kuniga ikkita tuxum iste’mol qiladigan bola yaxshi rivojlanadi va kamdan kam hollarda shamollaydi, ko‘rish qobiliyati yaxshilanadi, u raxit va tishlarning noto‘g‘ri o‘sishi kabi holatlar kuzatilmaydi.

Bundan tashqari, bedana tuxumini iste’mol qilganda soch, teri va tirnoqlarning holati sezilarli darajada yaxshilanadi.

Foto: Woman

Haddan tashqari quruq sochlarni serjilo qilish uchun bir chashka zaytun yoki boshqa o‘simlik moyi, 5-6 ta bedana tuxumi va bir stakan asalning uchdan bir qismini mikserda aralashtirib, olingan massani sochlarga surting va boshning butun yuzasiga teng ravishda taqsimlash maqsadida taroqdan foydalaning. Shundan so‘ng sochlaringizni polietilen paket va issiq sochiq bilan o‘rang. Bir soatdan keyin niqobni yaxshilab yuvib tashlang. Ushbu protseduradan so‘ng sochlar mayinlashib, serjilo bo‘ladi.

Bedana tuxumining zarari ham bormi?

Afsuski, hammaga birday mos keladigan noyob mahsulot yo‘q. Bedana tuxumi haqida ham shunday deyish mumkin. Quyidagi holatlarda bedana tuxumi tavsiya etilmaydi:

  • Allergik reaksiyalar (ayniqsa, yosh bolalarda kuzatilsa);
  • Jigar bilan bog‘liq muammolarda;
  • Haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish.

Sotib olayotganda nihoyatda ehtiyot bo‘ling! Har doim qutini ochib ko‘ring! Birinchidan, yopiq qutida siz singan, darz ketgan tuxumni sezmaysiz. Bedana tuxumining qobig‘i tovuqniki kabi mustahkam emas. Ikkinchidan, bedana tuxumi eskirgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun qadoqdagi amal qilish muddatini diqqat bilan ko‘zdan kechiring va qo‘llaringizda tuxumni “o‘lchashga” harakat qiling: yangi tuxum og‘irgina, taxminan kamida 12 gramm, eskirgan tuxumlar esa xasdek yengil bo‘ladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bedana tuxumining salomatlik uchun foydasi beqiyos, zarari-chi?