Jazirama issiqda konditsionersiz uyda tez uxlab qolishga yordam beradigan tavsiyalar
Dim havo va yuqori harorat, hatto, kechasi ham tez uxlab qolishga xalaqit beradi. Issiqda tez uxlab qolishga yordam beradigan bir nechta usullar mavjud.
Pardalar
Derazalarga qora parda yoki jalyuzi osib qo‘ying. Ularni kechasi yopiq holda saqlang va kun davomida faqat ertalab va kechki payt oching. Bu xonani salqin tutadi va quyosh nurlari xonangizni isitib yubormaydi.
Derazalarga quyoshdan himoya qiluvchi maxsus plyonka yopishtirish ham mumkin. Bu issiqdan saqlanish uchun derazalari quyoshga qaragan xonalar uchun mos keladi. Hatto, avtomobillar uchun mo‘ljallangan plyonka ham uyingizni issiqdan himoya qiladi.
Ventilyatsiya
Ventilyatsiya uchun eng maqbul vaqt — ertalab soat 8 dan oldin va 22:00 dan keyin. Iloji bo‘lsa, ertalab soat 4-5 da derazalarni oching va ularni quyoshning ilk nurlari tushguncha ochiq qoldiring. Aynan shu vaqtda havo harorati eng past bo‘ladi va uyni ventilyatsiya qilish uchun bir necha soat yetadi.
Boshqa paytlarda ko‘chadan issiq havo xonaga kirmasligi uchun derazalarni yopib qo‘ying.
Havoni namlang
Eng oddiy namlagich ham xonadagi havoni sovitishga yordam beradi. Buning uchun unga muzdek suv quying. Yana bir necha tomchi limon suvi qo‘shishingiz mumkin.
Agar namlagich bo‘lmasa, oddiy suv sepadigan idishdan foydalaning. Har yarim soatda bir marta xonaga muzday suv seping.
Uy jihozlarini o‘chiring
Rozetkaga ulangan barcha maishiy texnika issiqlik manbai hisoblanadi. Qishda ular qanchadir darajada isitadi, lekin yozda, aksincha, haroratni oshiradi. Shuning uchun ishlatmaydigan hamma narsani o‘chiring — kofe qaynatgichlar, elektr choynaklar, televizor.
Bundan tashqari, sochiq quritgichni ham o‘chiring — u isitish tizimi o‘chirilgan taqdirda ham xonadagi havoni isitadi.
Dudburondan foydalaning
Ovqat pishirish yoki dush qabul qilish paytida dudburonni yoqing. Bu fen kabi ishlaydi va xonadan issiq havo va bug‘ning bir qismini chiqarib tashlashga yordam beradi.
Ventilyator
Issiq kunlarda ventilyator asosan kvartira ichidagi iliq havoni aylantiradi, garchi u yaratgan shamol nafas olishni osonlashtirsa ham. Ko‘proq salqinlik berishi uchun ventilyator oldiga bir shisha muz yoki muzlatilgan suv qo‘ying.
Choyshablar
Yozda ko‘proq salqinlik beradigan matolardan tayyorlangan choyshablardan foydalanishga harakat qiling. Paxta yoki ipak choyshablari eng yaxshisidir. Ushbu materiallar havoni yaxshi o‘tkazadi.
Bundan tashqari, choyshabni muzlatkichda sovitishingiz mumkin. Uni paketga soling va muzlatkichga qo‘ying. Ushbu choyshablardan uxlashdan oldin foydalanish mumkin.
Bundan tashqari, grelkadan foydalansangiz bo‘ladi — ichiga sovuq suv quyib, muzlatkichga va so‘ngra yotoqxonaga qo‘ying.
Xonani namlab tozalang
Namlab tozalashni unutmang va buni issiq kunlarda kuniga 2-3 marta bajaring. Limon va sovuq suvdan foydalaning. Bu nafaqat kvartirani sovitadi, balki changdan ham xalos qiladi.
Dush qabul qiling
Yotishdan oldin sovuq emas, balki iliq dush qabul qiling. Agar issiq tanaga sovuq suv quyilsa, u ko‘proq issiqlik hosil qila boshlaydi. Shuning uchun suv issiq emas xona haroratida bo‘lishi kerak.
Ovqatga e’tibor bering
Kechasi proteinli ovqatlar iste’mol qilmaslikka harakat qiling — bu metabolizmni oshiradi va tana haroratining oshishiga sabab bo‘ladi. Spirtli ichimliklar suvsizlanishga olib keladi, shuning uchun kechasi hech narsa ichmasligingiz kerak. Ammo yotishdan uch soat oldin achchiqroq nimadir yeyishingiz mumkin — bu terlashni kuchaytiradi va ter tanani sovita boshlaydi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring