Tarvuzda juda ko‘p foydali vitaminlar mavjud — tiamin, riboflavin, karotin, temir va boshqalar. Shuningdek, sersuv bu poliz ekini tarkibida mushaklar va asab tizimining faoliyatini yaxshilaydigan magniy uchraydi. Eng asosiysi, tarvuzdagi B9 vitamini organizmning normal rivojlanishini ta’minlaydi va tarvuz ajoyib diuretik hisoblanadi.
Ushbu mevada kaloriya past bo‘lgani bois har qanday diyetaga kiritish mumkin.
Lekin muntazam ravishda har kuni tarvuz iste’mol qila olmaysiz!
Yodingizda bo‘lsin: tarvuzning kundalik iste’moli kattalar uchun o‘rtacha 500 gramm miqdordan oshmasligi kerak.
Bundan tashqari, homilador ayollar (ayniqsa, homiladorlikning so‘nggi bosqichlarda) va oshqozon-ichak trakti bilan bog‘liq muammolarga duch kelganlar tomonidan iste’mol qilinmasligi tavsiya etiladi, chunki tarvuz gaz hosil bo‘lishini oshiradi.
Tarvuzni qonda kaliy miqdori yuqori bo‘lgan odamlar iste'mol qilishlari cheklangan, chunki bu bilan yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq muammolar yuzaga chiqishi ehtimoli mavjud. Shuningdek, buyrak patologiyalaridan aziyat chekadiganlar va prostata muammosi bo‘lgan erkaklarning tarvuzdan tanovul qilishi nazoratda bo‘lishi zarur.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring