11:13 / 11.08.2023
125

Qaysi turdagi tvorog organizm uchun foydali?

Foto: “Noviy ochag” 

Tvorog salomatlikni mustahkamlaydi va vazn bilan bog‘liq muammoni hal qilishga yordam beradi, biroq buning uchun tvorogni to‘g‘ri tanlay olish muhim. Ba’zilar eng foydali tvorog yog‘li tvorog ekani haqida fikr bildirsa, boshqalar buning aksini aytadi.

Tvorogning inson organizmiga qanday foydasi bor?

Tvorog oqsillar bilan to‘yingan: ya’ni ushbu mahsulot mushaklarning o‘sishi uchun zarur bo‘lgan aminokislotalarning to‘liq to‘plamiga ega. Tvorog organizmni quvvatlantiradigan uglevodlarni ham o‘z ichiga oladi: unda temir, kalsiy, fosfor, boshqa muhim vitamin va minerallar mavjud. Tvorog ichak faoliyatini yaxshilaydi, uning tarkibidagi vitaminlar asab, yurak-qon tomir tizimini, skeletni mustahkamlaydi va organizmning immunitet himoyasini oshiradi.

Qaysi turdagi tvorog foydali hisoblanadi?

Nutritsiolog Taisiya Prokopenko yog‘siz tvorog ko‘ringani kabi yaxshi mahsulot emasligini aytgan. Yog‘siz tvorogni tayyorlash uchun sut xamirturushdan oldin yog‘sizlantiriladi; bunday holatda yog‘da eriydigan vitaminlarning bir qismi yo‘qoladi. Bundan tashqari, yog‘siz tvorog ko‘pchilik yoqtirmaydigan ta’mga ega. Agar hali ham diyetangizga yog‘ miqdori kam bo‘lgan tvorogni kiritishga qaror qilayotgan bo‘lsangiz, tvorogga avakado qo‘shib, ko‘proq yog‘ olishingiz mumkin. To‘g‘ri, o‘simlik yog‘lari hayvon yog‘lari tanqisligini yopmaydi.

Yog‘ miqdori 9 foiz bo‘lgan tvorog hayvon yog‘lariga bo‘lgan ehtiyojni mukammal darajada qoplaydi va ochlikdan qochishga yordam beradi. Uning tarkibi organizmni gormonal uzilishlar va ko‘plab kasalliklardan himoya qilish uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar bilan ta’minlaydi.

Foto: “Noviy ochag” 

Qanday tvorogni tanlash kerak?

Ovqatlanish ratsioniga qarab tvorogni tanlagan ma’qul. Agar maqsadingiz vazn yo‘qotish bo‘lsa, unda yog‘siz tvorogni tanlaganingiz ma’qul. Agar siz mushak massasini oshirayotgan yoki biror bir kasallikdan tuzalayotgan bo‘lsangiz, yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan tvorogni iste’mol qiling. Har bir turdagi tvorogning kamchiliklari bor, biroq to‘g‘ri ovqatlanish sizga ko‘proq foyda olishga yordam beradi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qaysi turdagi tvorog organizm uchun foydali?