date

Qahvaga bo‘lgan moyillikning sababi aniqlandi

Qahvaga bo‘lgan moyillikning sababi aniqlandi

Olimlar qahva iste’mol qilishga javob beruvchi genni aniqlashdi, deb xabar berdi “Darakchi” nashri.

Tadqiqotlar natijasida PDSS2 genini tashuvchilar qahvani kamroq iste’mol qilishi ma’lum bo‘ldi.

Genetiklar Italiyaning janubida joylashgan qishloqdan 340 nafar, mamlakatning shimoli-sharqidagi qishloqdan esa 843 nafar odamni tadqiqot ishlariga jalb etdi. Ulardan bir kunda necha marotaba qahva iste’mol qilishlari haqida so‘ralganda, PDSS2 genini tashuvchilar bu gen mavjud bo‘lmaganlarga nisbatan bir finjon qahva kam iste’mol qilishlari ma’lum bo‘lgan.

Olimlarning fikricha, bu gen kofein hujayralarining parchalanishini sekinlashtiradi, natijada kofein moddasi inson organizmida uzoq vaqt saqlanadi. Shuning uchun bu gen mavjud bo‘lgan odamlar qahvani kamroq ichishadi. Niderlandiyada o‘tkazilgan qayta tadqiqot ishlarida 1731 nafar ko‘ngilli ishtirok etdi va yuqoridagi natija o‘z tasdig‘ini topdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Foydali » Qahvaga bo‘lgan moyillikning sababi aniqlandi

Ko'p o'qilgan Foydali yangiliklari