Qat’iy parhez, jismoniy mashqlar, to‘g‘ri ovqatlanish – bularning barini bajarsangiz ham vazningiz ortib borayotgandek ko‘rinayaptimi? Balki burjingiz talablaridan kelib chiqib, yo‘l tutganingiz ma’quldir, deyiladi "Darakchi" nashrida.
Hamal
Tabiatan faol va qat’iyatli bo‘lgan hamal burji vakillari taomnomaga ham fe’l-atvorlaridan kelib chiqib yondashishlari kerak. Vazningiz me’yorida saqlanishini istasangiz:
Tanovul qilmang: qattiq qovurilgan, hayvon yog‘laridan tayyorlangan, konserva mahsulotlarini. Achchiq, sho‘r va uvalanuvchi qandolat mahsulotlari taomnomadan chiqarib tashlanishi kerak.
Sizga foydali: baliq go‘shti, arpa, grechixa, so‘ka donidan bo‘tqa, sut va qatiq mahsulotlari, pishloq va tvorog. Taomnomaga sabzi, karam, qizil lavlagi, sholg‘om, mevalalardan — olma va bananni qo‘shsangiz, ichaklarga foydalidir.
Fitnes: suzish va bir joyda turib yugurish mashqlari vaznni nazoratda ushlashga xizmat qiladi.
Savr
Aytish mumkinki, siz shirinlikxo‘rsiz. Ammo hazm jarayoni bilan bog‘liq muammolar hisobiga vazn to‘plashingiz ham oson kechadi. Xo‘sh, siz uchun qanday parhez tavsiya etilishi kerak?
Tanovul qilmang: qandolat mahsulotlari, pirojniy, tort, oshirilgan xamirdan tayyorlangan shirinliklar, qovurma eguliklar.
Sizga foydali: yog‘siz go‘shtlar, dengiz mahsulotlari. Taomnomaga sabzi, qizil lavlagi, gulkaram, salat bargini qo‘shsangiz hazmga yordam beradi. Kunora yarim siqim yong‘oq iste’mol qilish ham foydali. Apelsin, mandarin, xurmo mevalari esa ishtahangizni aldaydi.
Fitnes: aerobika, arabcha va lotincha raqs tushsangiz, doimo sarvqomat bo‘lasiz.
Javzo
Asabiylashganingizda keragidan ortiqcha tanovul qilish odatingiz borligi yaxshi ma’lum. Qolaversa, yo‘l-yo‘lakay tamaddi qilishdan ham voz kecholmaysiz. Qomatingiz raso bo‘lishini istasangiz, mana bu tariqa ovqatlaning.
Tanovul qilmang: hayvon yog‘lari, qandolat mahsulotlari va asab tizimiga ta’sir etuvchi qahva, achchiq choy .
Sizga foydali: asabiylashish qomatingizga zarar keltirmasligi uchun taomnomada kaliy va V guruhi vitaminlariga boy mahsulotlar bo‘lishi kerak. Jumladan, kartoshka, karam, baqlajon, kabachki. Shuningdek, tuxum, pishloq, asal, uzum, nok va mayiz ham taomnomada bo‘lishiga diqqat qiling.
Fitnes: tabiatingizga ko‘ra, atrofingizdagilarning fikrini muxim, deb bilganingiz bois, jismoniy mashqlarni ham juftingiz bilan birga bajarganingiz ma’qul.
Saraton
Ba’zan o‘zingizni quvvatsizdek sezasiz. Quvvat zaxirasini to‘ldirish uchun esa ortiqcha tanovul qilib yuborasiz. Siz uchun asosiy shart ishtahangizni nazorat qilishdir!
Tanovul qilmang: shakar, kraxmal va yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan qandolat mahsulotlari.
Sizga foydali: tuxum sarig‘i, manniy yormasidan bo‘tqa, yog‘siz go‘sht mahsulotlari, pishloq, yogurt, sut. Sabzavotlardan qovoq, karam, piyozni tez-tez iste’mol qilib turing. Tushlik vaqti iloji boricha suyuq taomlarni tanlang.
Fitnes: yoga bilan shug‘ullanish ruhiyatingizga ijobiy ta’sir etib, fikrni jamlash va bo‘lmag‘ur xayollarga chalg‘imaslikni ta’minlaydi.
Asad
Taom tanlash borasida didingizga tasanno! Biroq ba’zida keragini ham nazardan chetda qoldirib, organizmga ziyon etkazib qo‘yishingiz mumkin.
Tanovul qilmang: qattiq qovurilgan, og‘ir hazm bo‘luvchi va yog‘li taomlar, qandolat mahsulotlari.
Sizga foydali: yogurt, pishloq, tuxum, yong‘oq, salat bargi, bodring, kartoshka, baqlajon, olma, uzum, anjir, mayiz, turshak kabilar organizmingiz uchun foydali ozuqa bo‘libgina qolmay, semirishning oldini olishga xizmat qiladi.
Fitnes: iloji bo‘lsa, mashq zalida murabbiy bilan birgalikda shug‘ullanganingiz durust.
Sunbula
Mazkur burj vakillarining asosiy muammosi oshqozon faoliyati bilan bog‘liq. Shu bois ham o‘z vaqtida ovqatlanishga ahamiyat qaratishni yodda tuting.
Tanovul qilmang: qattiq qovurilgan taomlar, konserva mahsulotlari, dudlangan va yarim tayyor eguliklar.
Sizga foydali: tuxum, pishloq, bodom, sut-qatiq mahsulotlari. Sabzavotlardan — kletchatkaga boy karam, sabzi, qovoq, kabachki, salat bargi oshqozonga og‘irlik tushishining oldini olsa, uzum, nok va anor tanaga quvvat bo‘ladi.
Fitnes: bir joyda turib yugurish va tanovuldan so‘ng piyoda sayr qilish hazm jarayoniga ijobiy ta’sir etib, ortiqcha vazn to‘planishining oldini oladi.
Mezon
Bu burj sohibalari tez-tez asabiylashishga moyil bo‘lishadi. Asabiylashganlarida esa qondagi kortizol (stressni oshiruvchi gormon) miqdori oshib, moddalar almashinuvi jarayoni sekinlashadi. Mezonlar uchun tinchlantiruvchi mahsulotlar kerak.
Tanovul qilmang: tuzlangan, marinadlangan mahsulotlar, dudlangan, yog‘li taomlar, shirinliklar, shuningdek, sariyog‘ni kamaytiring.
Sizga foydali: mol go‘shti, grechixa, suli yormalaridan tayyorlangan bo‘tqa, guruch va bodom mag‘zi. Sabzavotlardan — sabzi, qizil lavlagi, bodring, salat bargi, kartoshka, kabachki kabilarni ko‘proq eng. Vaqti-vaqti bilan olma, qora uzum, nok kabi mevalarni ham iste’mol qilib turing.
Fitnes: velosiped minishni eplay olsangiz, bo‘ksa qismingizdagi ortiqcha santimetrlar bilan oson “xayr”lashasiz.
Aqrab
E’tibor bergan bo‘lsangiz, siz kun bo‘yi hech narsa tanovul qilmay ham kechgacha yura olasiz. Biroq buning evaziga kechki ovqatni “to‘yib” iste’mol qilasiz. Natijada esa kun bo‘yi oshqozoningizni och qo‘yib jazolaganingiz tunda ortiqcha kaloriyalarning ko‘payishi bilan xotima topadi.
Tanovul qilmang: qattiq qovurilgan, yog‘li go‘shtdan tayyorlangan taom va eguliklar, ziravorlar qo‘shilgan taomlar va oshirma xamirdan tayyorlangan shirinliklardan uzoqroq yuring.
Sizga foydali: baliq go‘shti va dengiz mahsulotlari, tuxum, yogurt, yong‘oq. Taomnomangizda – karam, sarimsoq piyoz, qizil lavlagi, sabzi, qovoq kabi sabzavotlar hamda olma, qorag‘at kabi mevalar bo‘lishi shart.
Fitnes: tennis aynan siz uchun. Agar mazkur sport turiga qiziqishingiz bo‘lmasa, ertalablari yugurish mashqlarini bajaring.
Qavs
Aksariyat qavslar tabiatan mehnatsevar va tirishqoq bo‘lishadi. Siz uchun asosiy shart iste’mol qilayotgan mahsulotingiz kaloriyasini to‘g‘ri taqsimlashdir.
Tanovul qilmang: qattiq qovurilgan, marinadlangan taomlar. Shuningdek, tuzlangan, dudlangan mahsulotlar miqdoriga ham diqqat qiling.
Sizga foydali: sut va qatiq mahsulotlari, qizil loviya, guruch va dukkakli donlardan tayyorlangan eguliklar. Bodring, karam, pomidor, ko‘katlar, olma, nok, olxo‘ri kabilar esa taomnomada bo‘lishi shart.
Fitnes: barvaqt uyg‘onib, qirq daqiqa yugurish mashqini bajarish ortiqcha kaloriyalarni parchalashga yordam beradi.
Jadiy
Sizda moddalar almashinuvi bilan bog‘liq muammo tez-tez yuzaga keladi. Shu bois ham tanovul payti taomlarni bir–biri bilan aralashtirib yubormaslikka harakat qiling.
Tanovul qilmang: achchiq sous, konserva va dudlanlangan mahsulotlar tavsiya etilmaydi.
Sizga foydali: yogurt, tuxum, loviya, yasmiq doni (chechevisa) – bular tarkibida protein ko‘p bo‘lib, yengil hazm bo‘ladi. O‘simlik yog‘i, qatiq, tvorog, asal, bodom kabi mahsulotlar esa qomatingizga “hujum” qilmasligi bilan ahamiyatlidir. Asosiy tanovul vaqti bodring, lavlagi, karam va ko‘katlardan tayyorlangan salatlardan iste’mol qiling. Olma, tarvuz, behi, qovun esa ovqatlanish rasioniga kiritiladigan mahsulotlardir.
Fitnes: sport zalida murabbiy bilan shug‘ullanish tavsiya etilsa-da, sharoitingizga qarab, uyda ham 30 daqiqa jismoniy mashqlarga vaqt ajratishingiz mumkin.
Dalv
Garchi, ko‘p eyish odatingiz bo‘lmasa-da, shirinlik oldida taslim bo‘lishingiz rost. “Ovqat o‘rniga ham shirinlik” qoidasiga rioya qilib, o‘zingiz sezmagan holda vazningizga bir-ikki kilogramm qo‘shib olasiz.
Tanovul qilmang: dudlangan va konserva mahsulotlari, tort, konfet, pirojniylar – qomatingizga zarar.
Sizga foydali: grechixa yormasi, donli mahsulotlar, oq va qizil loviyadan tayyorlangan taomlar. Sut va qatiq mahsulotlari taomnomangizda muntazam bo‘lishi lozim. Karam, baqlajon, sabzi, olma, anor kabi meva va sabzavotlar esa vazn ortishiga sabab bo‘lmasligi bilan ham foydali.
Fitnes: har kuni 30 daqiqalik mustaqil jismoniy mashqlarni bajarishga erinmang.
Hut
Organizmingizda toksin moddalar yig‘ilib borishi ehtimoli kuchli. Shu bois ham iste’mol qilayotgan mahsulotlaringizga diqqat qiling.
Tanovul qilmang: qattiq qovurilgan, dudlangan va marinadlangan mahsulotlar taomnomangizda bo‘lmagani ma’qul.
Sizga foydali: yog‘siz go‘sht, pishloq, yogurt, tuxum, qizil loviya, kuniga 50 gr. gacha eryong‘oq kabi mahsulotlarni qo‘rqmay tanovul qilish mumkin. Pomidor, bodring, kashnich, sholg‘om, anor, tarvuz, olma va uzum tanga quvvat bo‘lib, to‘lishishning oldini oladi.
Fitnes: Bo‘sh vaqtingizda arabcha raqs yoki shunchaki sho‘xroq musiqaga hamohang raqs harakatlarini bajarib turing.
Samira ULUG‘BEKOVA tayyorladi “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi