09:28 / 24.11.2016
19 881

Jin tegishidan qanday saqlansa bo‘ladi?

Jin tegishidan qanday saqlansa bo‘ladi?

— Men kechqurun ko‘p bosinqirayman. Tushimda g‘alati odamlarni, xunuk ayollarni ko‘raman. Jinlar bo‘lsa kerak, ustimga kelib, ko‘ksimni bosishadi, bo‘g‘ishadi. Qo‘rqib uyg‘onib ketaman. Keyin Qur’on o‘qiyman. Bunday narsalar bo‘lmasligi uchun nima qilish kerak?

Savolga Toshkent shahar, Shayxontohur tuman bosh imom xatibi, «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom xatibi Odilxon qori YuNUSXON o‘g‘li javob beradi.

— Jin tegishi Qur’oni karim va hadisi shariflar bilan sobit bo‘lgan. Jin tegishi xayoliy yo to‘qima narsa emas, haqiqatdir. Banda jinlar zararidan saqlanishi uchun ibodatlarni vaqtida bajarishi kerak. Xususan, namoz o‘qigan inson Allohning panohida bo‘ladi. Keyin ozoda yurishga harakat qiling. Hadisda teshikka bavl qilishdan qaytarilgan. Qolaversa, hammomda bavl qilishdan ehtiyot bo‘linadi. Chunki, bu vasvasaga sababdir. Yana zikr, duo va salavotlar Allohning izni bilan bandani turli shikast-balolardan saqlaydi. Hadisi shariflarda Oyatul kursiyni o‘qigan odam shayton va jinlar zararidan mukammal himoyalanishi aytilgan. Sizga maslahatimiz, uyqudan oldin Oyatul kursiy, Kofirun, Ixlos, Falaq va Nos suralarini o‘qing, duo qiling, zikr-tasbehlar ayting.

Manba: darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Jin tegishidan qanday saqlansa bo‘ladi?