09:32 / 04.12.2016
6 804

Saudiya shahzodasining amaliyotlari nimalarga olib kelishi mumkin?

Saudiya shahzodasining amaliyotlari nimalarga olib kelishi mumkin?

Muhammad bin Salmon 12 yoshligidayoq otasi Salmon raislik qilgan hukumat majlislarida o‘tirgan. U paytlar Salmon Saudiya Arabistoni provinsiyasi Ar-Riyod gubernatori lavozimini egallagandi. 17 yil o‘tib, Muhammad bin Salmon mamlakat mudofaa vaziri etib tayinlandi. Shu tariqa u jahon tarixidagi eng yosh mudofaa vaziri nomini oldi. U o‘z mamlakatini allaqachon Yamandagi shafqatsiz urush domiga tortib ulgurdi. Ana shu kabi xatti-harakatlar bu siyosatchini Er yuzidagi eng xavfli kishilardan biriga aylantiradi. Trendymen nashri aynan shu mavzuga qo‘l urdi, deyiladi Kun nashrida.

Shahzoda Muhammad yoshligidanoq o‘zini shaxs sifatida shakllantira boshlagan. G‘arb birjalaridagi aksiyalar va mamlakat ichida qurol-yarog‘ savdosi – bu uning ilk qadamlari bo‘ldi. Akalaridan farqli o‘laroq, Muhammad xorijga o‘qishga ketmadi, u ta’lim olish uchun Ar-Riyod universitetini tanladi. Shahzodaning kursdoshlari va o‘qituvchilari uni jiddiy, spirtli ichimliklarni iste’mol qilmaydigan va bor vaqtini ishga bag‘ishlaydigan inson sifatida e’tirof etishgan.

2011 yilda Muhammad bin Salmonning otasi valiahdning o‘rinbosari bo‘ldi va Mudofaa vazirligi hamda uning ulkan moliyaviy imkoniyatlarini nazorat qilish huquqiga ega bo‘ldi. Muhammad ham o‘sha sohaning o‘zida maslahatchi sifatida xizmat yuritdi.

Tanqidchilarning so‘zlariga ko‘ra, u ulkan boylik to‘plagan — har holda uning imkoniyatlari cheksizligini inobatga oladigan bo‘lsak, buning ajablanadigan joyi yo‘q. Salmon Saudiya Arabistoni taxtiga o‘tgan yilning yanvarida o‘tirgan. U xasta bo‘lganligi uchun ko‘p masalalarda o‘g‘liga umid qilgan. Salmon 79 yoshida aqli zaiflikdan aziyat chekkan va bir kunda faqat bir necha soatgina diqqatini jamlashning uddasidan chiqardi. Otasining eng yaqin kishisi sifatida Muhammad qirollikdagi hukmronlikni o‘z zimmasiga oldi.

Shahzoda Muhammad mudofaa vaziri etib tayinlandi va Aramco milliy energetika kompaniyasini to‘liq o‘z nazoratiga oldi. Mahalliy amaldorlarning dangasaliklariga chek qo‘yildi: Muhammad erta tongdan vazirlikka borishni odat qildi – kutilmagan tekshiruvdan o‘tolmaganlar hattoki qatl qilinishi mumkin.

G‘aflat ostidagi Ar-Riyod kuchga to‘ldi. Yosh yigitlar shahzodaning ishlariga havas bilan qarashmoqda – umuman u yoshlar orasida juda mashhur. Statistikaga ko‘ra, 35 yoshgacha bo‘lgan mamlakat aholsining 70 foizdan ko‘prog‘i shahzodaning deyarli barcha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdi.

Muhammad olib borayotgan iqtisodiy islohotlar Saudiya Arabistonini Yaman bilan ziddiyatga olib keldi. O‘tgan yilning martida u isyonkor xusitlarga qarshi havo kampaniyasini boshladi.

Ehtimol, bu o‘sha payt yaxshi g‘oyadek ko‘ringandir: janubiy qo‘shnisining notinch hududida isyonkor xusitlarga qarshi urush olib boruvchi yosh, g‘ayratli shoxning o‘g‘li. Isyon Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, bu esa “sarguzasht”ga yanada qiziqarli tus bergan.

Rejaga ko‘ra, tezkor g‘alabaga umid qilingandi. Bu Muhammadga harbiy etakchi maqomini tasdiqlash imkonini berar edi.

Biroq operasiya deyarli bir yilga cho‘zilib ketdi va xorijiy yollanma jangchilar aralashuvini talab qildi. Jasoratli shahzoda esa o‘z yo‘lida davom etdi. Dekabr oyi o‘rtalarida Muhammad terrorizm bilan kurashish maqsadida 34 musulmon xalq kengashini tuzish haqida e’lon qildi. Shahzoda bunday shiddat bilan qaergacha borarkin degan savol tug‘ilmoqda.

Endilikda Saudiya Arabistoni qirolligining Yaqin Sharqda eng kuchli etakchilikka da’vogarlik qilayotgan Eron bilan munosabatlari tarang.

Agar Muhammad bin Salmon shunday harakat qilishda davom etaversa, bundan biror bir yaxshilik kutish amri mahol. Saudiya Arabistonining Eron shialariga qarshi qurollangan sunniy konfrontasiyasi mintaqadagi mojaroning yanada kuchayishiga olib keladi.

Voqealarning bunday tus olishi Jahon urushi oldidagi so‘nggi bosqich bo‘lishi mumkin. Zero bu mintaqada aksilterror operasiyalarni olib borayotgan barcha davlatlarni o‘z domiga tortmay qo‘ymaydi. Shunday ekan, bugungi kunda bu yosh, bilimli, madaniy va dadil yigit haqiqatdan ham sayyoraning eng xavfli kishisi hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Saudiya shahzodasining amaliyotlari nimalarga olib kelishi mumkin?