16:41 / 24.12.2016
15 950

Qalin, uzun, qayrilgan, chiroyli va tabiiy — kipriklar

Qalin, uzun, qayrilgan, chiroyli va tabiiy — kipriklar

1. Cho‘milib chiqqandan so‘ng kipriklaringiz bir-biriga yopishgan holda qurimasligi uchun eski tush chyotkasi yoki oddiy tish chyotkasi bilan tarang.

2. Yuvinib bo‘lgach kipriklaringizga soch uchun balzamdan surtib, 1-2 daqiqadan so‘ng yuving.

3. Kipriklar uchun maxsus shampun ishlab chiqarilmagan, ammo ularni bolalar shampuni bilan yuvsangiz, o‘sish jarayoni sezilarli darajada tezlashadi. Shampun qadog‘ida ko‘zni achitmaydi, degan yozuvi borligiga ahamiyat bering.

4. Kastor yog‘i tarkibida o‘sish jarayonini tezlashtiruvchi risinolein kislotasi mavjud. Paxtali tamponda yoki eski tush chyotkasida kastor yog‘dan kipriklarga surtib turing.

5. Doimiy ravishda maxsus kipriklar uchun sivorotkalardan foydalaning. Bunday sivorotkalarni sotib olayotganingizda uning tarkibiga ahamiyat bering. Sivorotkada skvalan, bisabolol, gialuron kislotalari, peptid moddasi va vitaminlar bo‘lishi shart.

6. Agar siz kiprikqayirgichlardan foydalansangiz, bu ishni tush surtishdan oldin qiling. Agar keyin kipriklarni qayirsangiz, ular sinadi.

7. Kipriklarni har kuni kiprikqayirgichda qayirmang. Haftada 1 marta etadi.

8. Sifatli, yumshatuvchi, namlantiruvchi tush xarid qiling.

9. Iloji boricha yon tarafga qarab yoki chalqancha uxlang. Yuzni yostiqqa bosib uxlaganda kipriklar sinadi va to‘kiladi.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qalin, uzun, qayrilgan, chiroyli va tabiiy — kipriklar