Ba’zi oilalarda er-xotin munosabatlarining sovishi kuzatiladi. Buning o‘ziga xos sabablari bor, albatta. Ushbu maqolamizda o‘sha sabablarni, ya’ni, erkaklarning o‘z ayolidan zerikishi, sovishining ba’zi belgilarini yoritishga harakat qildik. Ayol kishi eridagi o‘sha o‘zgarishlarni darrov payqab, ularni bartaraf etish chorasini ko‘rishga harakat qilishi lozim. Aks holda bu sovish chuqurlashib borib, o‘rta butunlay buzilishi, oxir oqibat o‘sha oila inqirozga yuz tutishi mumkin. Shuning uchun ayollar bu borada hushyor bo‘lishlari lozim.
O‘z o‘rnida erkaklar ham o‘z ayollarida quyida zikr qilinadigan belgilardan birortasini sezsalar, bu muammodan qutulish yo‘lini izlashlari lozim bo‘ladi. Toki oilalar buzilmasin, aksincha, er-xotin bir-biriga mehrli, iltifotli bo‘lib, oilalari mustahkam, turmushlari obod bo‘lsin. Shunday qilib, mazkur alomatlar quyidagilar:
1. Er ayoli bilan birga o‘tirganda hech gaplashmay, jim o‘tirishi.
2. Ayoli biror ishni chiroyli qilib, tezda bajarsa ham, uni rag‘batlantirishga, ko‘nglini ko‘tarishga urinmay, beparvo bo‘lishi.
3. Xotinining qilgan ishlarini ko‘p tanqid qilib, turli ayblar topishi.
4. Xotinining arzimas, kichik xatolarini ham kattalashtirib gapirishi.
5. Xotin o‘z ota-onasini ko‘rgani borib, u erda uzoq qolib ketsa ham parvo qilmasligi.
6. Er og‘aynilari bilan ko‘chaga hadeb chiqib ketaverib, o‘yida, ayolining yonida juda kam bo‘lishi.
7. Er uyida bo‘lganda ham ayoli bilan gaplashmay, hadeb televizor ko‘rishi yoki kompyuter yonida uzoq o‘tirib, internet bilan band bo‘lishi.
8. Xotinining sarf-xarajatlariga pul sarflashni xohlamasligi yoki juda oz miqdorda sarflashi.
9. Uyda bo‘lgan kezlarda ayolining yuziga hech nazar solmasligi.
10. Xotiniga faqat jinsiy aloqa vaqtidagina e’tibor qaratishi.
11. Er ayoliga o‘zining charchaganligini, toliqqanligini hadeb oshkora aytaverishi.
12. Ayolining bergan savollariga javob bergisi kelmasligi.
Xo‘sh, erkak nega ayolidan bezadi? Ba’zi erkaklar ayolining xulqi yomonligi uchun yoqtirmay qolsa, ba’zilari ayolidagi jasadiy kamchiliklar sababli yoqtirmay qoladi. Nikohdan oldin bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan uchrashuvga chiqqanda, qiz uning ko‘ziga juda chiroyli, tengi yo‘q, bir so‘z bilan aytganda ideal juft bo‘lib ko‘rinadi. To‘y o‘tgandan keyin esa, uchrashuv paytida sezilmagan undagi ayrim kamchiliklar, nomutanosibliklar ko‘zga tashlana boshlaydi.
Deyarli barcha qizlar uchrashuvga chiqqanlarida o‘zlaridagi qusurlarini, xulqiy kamchiliklarini yashirishadi. Komil inson bo‘lib ko‘rinishga harakat qilishadi. Natijada, to‘ydan keyin ko‘p o‘tmay yigit qizning asl “yuz”ini ko‘rgandan so‘ng undan soviy boshlaydi. Ayrim oilalarda bu sovish ajralish, taloq bilan nihoyasiga etadi. Ba’zi erkaklar esa taqdirga tan berib, o‘sha juftlari bilan bir umr chidab yashashga qaror qilishadi.
Xotin o‘z eriga uncha e’tibor bermasligi, uning xohishlari bilan hisoblashmasligi, bo‘lar-bo‘lmasga erini pul sarflashga majbur qilib, uni noqulay ahvolga solishi, itoatsizlik qilishi ham erning sovishiga sabab bo‘ladi.
Er o‘z ayolining ko‘chalarda, bozorlarda yurganida kelishgan yigitlarga baqrayib, yomon ko‘z bilan qarashini yoki televizorda chiqadigan xushbichim, chiroyli erkaklarga suqlanib nazar solishi sezib qolsa ham ayolidan ko‘ngli sovib, undan butunlay muzlab qolishi mumkin.
O‘z o‘rnida shuni aytib o‘tish kerakki, yuqorida keltirilgan alomatlar ayolda sezilishi, er ayolidan emas, aksincha, ayol eridan zerikkan, sovigan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun mazkur alomatlarga erkaklar ham e’tiborli bo‘lishlari, xotinlarida ulardan birortasi sezilsa, darhol uning chorasini axtarishlari kerak. Ayolning eridan zerikishiga yuqoridagidek, uchrashgan yigiti to‘ydan keyin u qadar ideal bo‘lib chiqmagani, unda ham turli kamchiliklar, nomunosibliklar borligi sabab bo‘ladi. Bundan tashqari er ayolining yonida begona ayol-qizlarga tikilib qarashi ham ayolining sovishiga olib keladi.
So‘zimiz nihoyasida Alloh taolodan yurtimizdagi har bir oila mustahkam bo‘lishini, turmushimiz yanada obod, hayotimiz bundan ham farovon bo‘lishini so‘raymiz.
Nozimjon Hoshimjon “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi