17:27 / 01.02.2017
8 912

Taomlar kaloriyasini kamaytirishning 5 yo‘li

Taomlar kaloriyasini kamaytirishning 5 yo‘li

Hozirgi paytda o‘zingiz va yaqinlaringiz sog‘lig‘ini asrashning eng samarali yo‘li – to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qilish hisoblanadi. Bu maslahatlar sizning kundalik iste’mol qiladigan taomlaringizni foydaliroq va kam kaloriyali qilishda yordam berishiga ishonamiz.

Guruchni kokos yog‘i qo‘shib qaynating

Guruchni qaynatishda suvga kokos yog‘i (yarim piyola guruchga 1 choy qoshiq yog‘) qo‘shing. Tayyor bo‘lgach sovitgichga qo‘ying. 12 soatdan keyin mikroto‘lqinli pechda isitib eyishingiz mumkin.

Xamirga limon qobig‘ini qo‘shing

Xamirga solingan 1 osh qoshiq maydalangan limon qobig‘i pishiriqqa o‘ziga xos ta’m va hid bag‘ishlaydi.

Sabzavotlarni mikroto‘lqinli pechda pishiring

Pishirish jarayonida sabzavotlar tarkibidagi ko‘plab foydali moddalar yo‘qoladi yoki suvda qolib ketadi. Shuning uchun sabzavotlarni mikroto‘lqinli pech yordamida kamroq suvda pishirgan ma’qul.

O‘simlik yog‘iga olma qaylasini aralashtiring

Ovqat pishirayotganda ishlatish kerak bo‘lgan o‘simlik yog‘ining yarmini soling va qolgan yarmiga teng miqdorda olma qaylasi qo‘shing. Bu usul taomni kletchatka va C vitamini bilan boyitadi va ta’mini yaxshilaydi.

Kartoshkani gulkaramga almashtiring

Kartoshkali pyuredagi kaloriya va uglevodlarni kamaytirish uchun gulkaramdan pyure tayyorlang.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Taomlar kaloriyasini kamaytirishning 5 yo‘li