
Oshxona – uydagi eng muhim xonalardan biri. U ham ovqatlanadigan, ham mehmon kutadigan va ham oilaviy kechalarni o‘tkazadigan joy vazifasini bajaradi, deb yozadi Daryo nashri.
Shuning uchun uning ko‘rinishi shinamlik, qulaylik va saranjom-sarishtalik muhitini yarata oladigan bo‘lishi lozim. Biz sizga mutaxassislarning bu boradagi bir necha maslahatlarini havola etmoqchimiz.
1-maslahat: oshxona ichini pardozlashga jiddiy e’tibor bering
Oshxonaning ichki ko‘rinish pardozi mustahkam bo‘lishi lozim. Tez eskirmaydigan materiallardan masalan, yog‘och va marmardan foydalanishingiz mumkin. Bu materiallar – mustahkam va chiroyli ko‘rinishga ega.
2-maslahat: sokin ranglar majmuini tanlang
Oshxona uchun yumshoq va sokin ranglar mos tushadi. Ular oshxonada shinam va iliq muhit yaratishga yordam beradi.

3-maslahat: oshxona jihozlarini aql bilan joylashtiring
Birinchi navbatda oshxonaning ovqat tayyorlash uchun qulay bo‘lishi kerakligini esingizdan chiqarmang. Buni oziq-ovqat mahsulotlari va oshxona texnikalarini joylashtirishda albatta hisobga oling.
4-maslahat: o‘simliklar eking
Oshxonani yanada shinamroq qilish uchun o‘zingizga yoqadigan xonaki gullar bilan bezatishingiz mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar