Ko‘zlar qalb ko‘zgusidir, shuning uchun ular charaqlab turishi kerak. Ko‘z ostidagi qora dog‘lar ularning tashqi ko‘rinishini buzib, charchagan ko‘rinish beradi. Ko‘pchilik ayollar ularga qarshi kurashda pudra va boshqa ko‘plab maxsus kosmetika vositalaridan foydalanishga urinadi. «Daryo» nashri, quyida ulardan uy sharoitida qutulish imkonini beruvchi tavsiyalarni keltirdi.
Eng sinalgan usullardan biri ko‘z atrofiga o‘tli damlamalardan tayyorlangan muz bo‘lakchalarini surishdir. Bunday damlama uchun oddiy petrushka ham asos bo‘la oladi. U ko‘z atrofini mayin va yumshoq qilish, qolaversa tetiklashtirish vazifasini bajaradi.
Muz kubiklarini tayyorlash uchun bir osh qoshiq tog‘ o‘tlari ustidan qaynagan suv quying. O‘tli vosita 15—20 daqiqa turgandan keyin, uni suzib oling hamda sovutilgan holda muz uchun shaklchalarga quying.
Yana bir usul — moychechak, mavrak va kashnichdan tayyorlangan kontrast kompresslar qilish. Dastlab ko‘z atrofini issiq damlama (qaynoq bo‘lmasin), keyin sovug‘i bilan arting.
Ma’lumki, bodringning 90 foizi suvdan iborat, demak u ajoyib tetiklashtiruvchi vosita hamdir. Qovoqlar ustiga bodring bo‘laklarini qo‘yish yoki uning sharbatidan foydalanish mumkin.
Kartoshkali niqob — charchagan ko‘zlar uchun ajoyib vositadir. Buning uchun kartoshkani qirg‘ichning mayda tishidan chiqarib, doka yoki yupqa matoga o‘rash va qovoqlar ustiga 5—7 daqiqa qo‘yish kerak bo‘ladi.
Ko‘z osti terisining mazkur nuqsoni sababini aniqlagandan keyingina undan butunlay xalos bo‘lish mumkin. Shuning uchun to‘yib uxlash, sog‘likni nazorat qilib borish (ayniqsa, yurak va buyraklarni) va to‘g‘ri ovqatlanishni tavsiya etamiz. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi