08:34 / 06.02.2017
7 588

Oziq-ovqatlar haqidagi olimlar fosh etgan uydirmalar

Oziq-ovqatlar haqidagi olimlar fosh etgan uydirmalar

Bir kunda 8 piyola suv ichish kerakligi va shunga o‘xshash gaplarni ommaviy axborot vositalari orqali ko‘p eshitamiz. Hatto dietologlar ham ko‘pincha bu gaplarni tasdiqlashadi. Lekin oziq-ovqatlar va ichimliklar dunyosi borasidagi bu gaplarning qaysi biri haqiqat-u, qaysi biri yolg‘onligini ushbu maqola orqali bilib olasiz, deb yozadi Daryo nashri.

Sut mahsulotlari – kalsiyning asosiy manbai

Haqiqatan ham sut mahsulotlari tarkibida D vitamini va kalsiy mavjud, ammo bu vitaminlar karam va ismaloqda ham bor.

Go‘sht uchun yog‘och taxtalar ishlatish mumkin emas

Aytishlaricha, go‘shtni kesish paytida yog‘och taxta ustida paydo bo‘lgan mayda yoriqlarda xom go‘sht va bakteriyalar to‘planib qolar ekan. Lekin, plastik taxtaning ham hech qanday antibakterial xususiyatga ega emasligi Kaliforniya universitetida ilmiy jihatdan isbotlab berilgan.

Suvga tuz solinsa tezroq qaynaydi

Hatto professional oshpazlar ham bunga ishonishmaydi. Lekin kimyo fani qonunlari shuni ta’kidlaydiki, suvga qo‘shilgan tuz miqdori uning qaynash nuqtasiga hech qanday ta’sir qilmaydi.

Bir kunda 8 piyola suv ichish zarur

Aniq qilib belgilangan miqdorga rioya qilish shart emas, qancha xohlasangiz shuncha suv ichishingiz mumkin. Organizm ba’zida kam, ba’zan esa o‘rtacha me’yordan ko‘proq suv talab qilishi ham mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Oziq-ovqatlar haqidagi olimlar fosh etgan uydirmalar