22:19 / 05.03.2017
8 036

Mushak massasini to‘plash uchun nimalar eyish kerak?

Mushak massasini to‘plash uchun nimalar eyish kerak?

Mana bahor ham keldi, bu qishki zaiflikdan so‘ng qomatni formaga keltirish vaqti kelganini bildiradi. Bugungi maqolamiz qisqa muddatda mushaklarini chiniqtirishni xohlovchi erkaklarga bag‘ishlanadi.

To‘g‘ri ovqatlanish — chiroyli va kelishgan tananing negizi hisoblanadi. Mushak massasini to‘plashning asosiy qoidasi ovqatlanish kaloriyasini 20 foizga oshirishdan iboratdir.

Maqolamizda qomatni formaga keltirishda yordam beruvchi oziq-ovqat mahsulotlari bilan tanishasiz.

Grechka bo‘tqasi

Bu bo‘tqa tarkibida uglevodlar miqdori kam bo‘lsa-da, mushaklarni o‘stirishga yordam beradigan aminokislotalar juda ko‘p.

Tuxum

Mushaklarni tez o‘stirish uchun juda mos keladigan ajoyib nonushta hisoblanadi. Tuxumda mushak paylarini shikastlanishdan saqlaydigan ko‘plab oqsillar va D vitamini mavjud.

Tunes balig‘i

Bu baliq tarkibi oqsilga boy bo‘lgani sababli sportchilar uchun eng yaxshi ovqat hisoblanadi.

Papayya

Papayya tarkibida organizmga ovqatlar bilan birga kiruvchi oqsillarni tez parchalashga yordam beradigan noyob hisoblanuvchi papain moddasi mavjud.

Manba: Daryo

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Mushak massasini to‘plash uchun nimalar eyish kerak?