08:17 / 12.03.2017
7 025

Ish joyining saranjomligi — unumdorlik garovi

Ish joyining saranjomligi — unumdorlik garovi

Mehnatimiz unumi biz ishlayotgan joyning muhitiga bevosita bog‘liq ekanligini ko‘pchilik bilmasligi mumkin. Atrofingizni tartibsiz qog‘ozlar, sochilib yotgan eski daftarlar va qalam-ruchkalar o‘rab olgan bo‘lsa, diqqatni bir joyga to‘plab olib biror ish qilish ham qiyin bo‘ladi. Bu maqolamizda biz sizga ishingizni unumli qilishga yordam beradigan ish joyini tashkil qilish sirlarini aytmoqchimiz.

Hammasini to‘g‘ri joylashtiring

Monitor ko‘z bilan bir xil balandlikda va sizdan 43–45 sm uzoqlikda joylashgan bo‘lishi kerak. Ko‘p ishlatiladigan narsalarni, masalan telefon yoki idora anjomlarini qo‘l etadigan joyga qo‘ying.

Idora anjomlaridan oqilona foydalaning

Stol ustida faqat kerakli anjomlarni qoldiring. Qolganlarini shkafga yoki boshqa joyga qo‘ying.

Eslatma uchun qog‘ozchalardan kamroq foydalaning

Monitor chekkasiga har xil rangdagi qog‘ozchalarni e’lonlar taxtasidagi kabi yopishtirib tashlash to‘g‘ri kelmaydi. Qog‘ozchalarni faqat eng muhim bo‘lgan eslatmalar uchun ishlating.

Shaxsiy buyumlarni me’yoridan oshirib yubormang

Ish joyida kasbiy va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanatni saqlash juda muhim. Ish stoliga oilaviy fotosuratlar, esdalik sovg‘alar va boshqa mayda-chuydalarni haddan tashqari ko‘p qo‘yish diqqatingizni chalg‘itadi va ishlashga xalal beradi.

Elektron pochtadan foydalanishni qat’iy belgilab oling

Email — internetdagi eng qulay aloqa vositasi hisoblanadi. Shunga qaramasdan, diqqatingiz chalg‘imasligi uchun bir kunda 2 marta pochtangizni tekshiring.

Qog‘oz ishlari uchun bo‘sh joy qoldiring

Ba’zan ish stolida qo‘lda hujjat qilishga joy topilmay qoladi. Stolning chap yoki o‘ng tomonida qog‘ozlar bilan ishlash uchun bo‘sh joy ajrating.

Tez-tez tartibga keltirib turing

Tartibsizlik ko‘pchilik kishilarga salbiy ta’sir qiladi, ya’ni e’tiborini chalg‘itadi va ishlashga xalal beradi. Shuning uchun ish joyingizni va ish stolingizni tez-tez yig‘ishtirib turing.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ish joyining saranjomligi — unumdorlik garovi