Quruq mevalar o‘zining sog‘lig‘iga e’tibor beruvchilar uchun haqiqiy topilma hisoblanadi. Quruq mevalarning asosiy ahamiyati — yengil hazm bo‘luvchi minerallarning noyob yig‘indisi, shuningdek organizmga keraksiz yog‘larning yo‘qligi.
Quruq mevalarning foydasi va zarari
Zamonaviy hayot maromi odamlarni ko‘proq yo‘l-yo‘lakay tamaddi qilishga majbur qilmoqda. Bunday tamaddilar uchun turli xildagi quruq mevalar juda mos keladi. Lekin ularni qancha miqdorda iste’mol qilish foydali ekanligini aniqlab olish zarur.
Bir tomondan, quruq mevalar — vitaminlar, mikroelementlar va biologik faol moddalarga juda boy. Lekin ikkinchi tomondan, bu ortiqcha kaloriyaga ham boy demakdir. Aynan shu ikki qarama-qarshi holat bizga bu tabiiy shifobaxsh mahsulotdan katta foyda olishga xalal beradi.
Bir kunda 150 g quruq mevalar iste’mol qilinsa 3—4 tamaddilarning o‘rnini bosishi mumkin. Agar siz ishtahani tiyish uchun quruq mevalardan foydalanayotgan bo‘lsangiz, ularni sekinlik bilan va yaxshilab chaynab eyish zarur. U holda, o‘zingizni to‘q his qilishingiz uchun sizga 2—3 dona o‘rtacha kattalikdagi quruq mevalar etarli bo‘ladi.
Agar siz ozmoqchi bo‘lsangiz, quruq mevalarni tvorog, bo‘tqalar, qotgan non yoki choy bilan birga eyishingiz kerak. Shunda ham foydali, ham mazali bo‘ladi.
Qaynatilgan mevalarni tashlamang: ular pektinlar va kletchatkalarga boy va tarkibida esa shakar juda kam.
Manba: «Daryo» “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi